https://oz.sputniknews.uz/20240702/iskander-m-44637141.html
"Iskander-M" Ukrainaning yettita Su-27 samolyotini yo‘q qildi
"Iskander-M" Ukrainaning yettita Su-27 samolyotini yo‘q qildi
Sputnik O‘zbekiston
"Iskander-M" ekipajlari Ukraina Qurolli kuchlarining Mirgorod aerodromiga guruhli raketa zarbasi berdi. 02.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-02T16:09+0500
2024-07-02T16:09+0500
2024-07-02T16:09+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
video
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/02/44636442_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_2d122df98ba58a9204d448ac7ab7a28d.jpg
TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Rossiya harbiylari Poltava viloyatidagi Mirgorod aerodromiga raketa hujumi bilan yettita Ukraina samolyotini yo‘q qildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.Ukrainaning 831-taktik aviatsiya brigadasi Mirgoroddagi harbiy aerodromda joylashgan. Bundan tashqari, uchuvchilarni tayyorlash markazi va yaqin atrofda omborlar va avtotransport kompaniyasi mavjud. Ukraina harbiy-havo kuchlari Zaporojye viloyati va Qrim yo‘nalishidagi hujumlar uchun Mirgoroddan muqobil aerodromi sifatida foydalanadi.Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, zarba natijasida beshta operativ Su-27 ko‘p maqsadli qiruvchi samolyoti yo‘q qilingan, yana ikkitasi ta’mirda bo‘lgan.Ukraina Qurolli kuchlarining fuqarolik obyektlariga hujumlariga javoban Rossiya qo‘shinlari muntazam ravishda shaxsiy tarkib, harbiy texnika va yollanma askarlarning joylashgan joylariga, shuningdek, infratuzilmaga: energetika obyektlari, mudofaa sanoati, harbiy ma’muriyat va Ukraina kommunikatsiyalariga maqsadli hujumlar uyushtirmoqda. "Iskander M" — Rossiyaning operativ taktik raketa majmuasi 500 km masofagacha zarba berishga qodir. Ushbu majmua tezkor tartibda samolyotlar yordamida istalgan nuqtaga yetkazib berilishi mumkin. Raketalar turli xil, jumladan, yadroviy jangovar kallaklar bilan ham jihozlanishi mumkin. Maxsus operatsiya boshlanganidan buyon 1-iyul holatiga Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning jami: 616 samolyoti, 276 vertoloti, 27 040 uchuvchisiz uchish apparati, 535 zenit-raketa tizimi, 16 471 tanki va boshqa zirhli jangovar mashinalari, 1362 ko‘p raketali tizimlari, 11 185 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 23 201 ta maxsus harbiy avtomobillarini yo‘q qildi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Udari "Iskanderami" po stoyanke samoletov VSU v Poltavskoy oblasti
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyskie voyska udarili "Iskanderami" po stoyanke samoletov VSU na aerodrome "Mirgorod" v Poltavskoy oblasti, unichtojeni 5 deystvuyushix i povrejdeni 2 naxodashixsya na remonte Su-27, soobshilo Minoboroni
2024-07-02T16:09+0500
true
PT0M23S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/02/44636442_240:0:1380:855_1920x0_80_0_0_f702468ae4e1266beeb48ca6b179b38d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, ukraina, video, video
rossiya, ukraina, video, video
"Iskander-M" Ukrainaning yettita Su-27 samolyotini yo‘q qildi
"Iskander-M" ekipajlari Ukraina Qurolli kuchlarining Mirgorod aerodromiga guruhli raketa zarbasi berdi.
TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Rossiya harbiylari Poltava viloyatidagi Mirgorod aerodromiga raketa hujumi bilan yettita Ukraina samolyotini yo‘q qildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“Rossiya Qurolli kuchlarining "Iskander-M" ekipajlari Ukrainaning Mirgorod aerodromidagi samolyotlar turish joyiga guruhli raketa zarbasi berdilar”, — deyiladi xabarda.
Ukrainaning 831-taktik aviatsiya brigadasi Mirgoroddagi harbiy aerodromda joylashgan. Bundan tashqari, uchuvchilarni tayyorlash markazi va yaqin atrofda omborlar va avtotransport kompaniyasi mavjud. Ukraina harbiy-havo kuchlari Zaporojye viloyati va Qrim yo‘nalishidagi hujumlar uchun Mirgoroddan muqobil aerodromi sifatida foydalanadi.
Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, zarba natijasida beshta operativ Su-27 ko‘p maqsadli qiruvchi samolyoti yo‘q qilingan, yana ikkitasi ta’mirda bo‘lgan.
Ukraina Qurolli kuchlarining fuqarolik obyektlariga hujumlariga javoban Rossiya qo‘shinlari muntazam ravishda shaxsiy tarkib, harbiy texnika va yollanma askarlarning joylashgan joylariga, shuningdek, infratuzilmaga: energetika obyektlari, mudofaa sanoati, harbiy ma’muriyat va Ukraina kommunikatsiyalariga maqsadli hujumlar uyushtirmoqda.
"Iskander M" — Rossiyaning operativ taktik raketa majmuasi 500 km masofagacha zarba berishga qodir. Ushbu majmua tezkor tartibda samolyotlar yordamida istalgan nuqtaga yetkazib berilishi mumkin. Raketalar turli xil, jumladan, yadroviy jangovar kallaklar bilan ham jihozlanishi mumkin.
Maxsus operatsiya boshlanganidan buyon 1-iyul holatiga Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning jami: 616 samolyoti, 276 vertoloti, 27 040 uchuvchisiz uchish apparati, 535 zenit-raketa tizimi, 16 471 tanki va boshqa zirhli jangovar mashinalari, 1362 ko‘p raketali tizimlari, 11 185 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 23 201 ta maxsus harbiy avtomobillarini yo‘q qildi.