https://oz.sputniknews.uz/20240701/tashkent-orzu-korgazma-auktsion-44604652.html
Toshkentdagi “Orzu” ko‘rgazma-auksionida 150 mln so‘mdan ortiq mablag‘ yig‘ildi
Toshkentdagi “Orzu” ko‘rgazma-auksionida 150 mln so‘mdan ortiq mablag‘ yig‘ildi
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘rgazma-autsion o‘ziga 3 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilarni jalb qildi.
2024-07-01T10:15+0500
2024-07-01T10:15+0500
2024-07-01T10:32+0500
madaniyat
o‘zbekiston
toshkent
ko‘rgazma
auksion
rasm
bolalar
ko‘zi ojiz bolalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/01/44603876_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_ada0c81488a4ecd3c3dc053abff9b3b5.jpg
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Orzu” ko‘rgazma-auksionida 150 million so‘mdan ortiq mablag‘ yig‘ildi. 27-30 iyun kunlari Butunjahon yoshlar festivali doirasida dunyodagi birinchi “Orzu” noyob xayriya ko‘rgazma-auksioni o‘tkazildi. U o‘ziga Rossiya, AQSh, Turkiya, Xitoy, Avstraliya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, BAA, Kuvayt, Fransiya va Germaniyadan kelgan xalqaro mehmonlarni o‘z ichiga olgan 3 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilarni jalb qildi. Ko‘rgazmada ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar taassurotlari asosida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan 20 ta noyob kartina namoyish etildi. Qayd etilishicha, psixologlar va jurnalistlar bolalarning hikoyalari bilan yaratilgan rasmlarni sinchkovlik bilan tekshirishdi va ma’qullashdi. Shundan so‘ng kartinalar rassomlar tomonidan 20 ta asar ko‘rinishiga keltirildi. Xayriya auksionidan yig‘ilgan barcha pullar to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Mehrli qo‘llar” xayriya jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazildi. Keyingi bosqich - bolalarni ko‘rish qobiliyatini tiklash uchun tekshiruvlar o‘tkazish va operatsiya amalga oshirish.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/01/44603876_142:0:2418:1707_1920x0_80_0_0_2d1f1b40a6b7e7b51275522193b1f0b7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent “orzu” ko‘rgazma-autsion
toshkent “orzu” ko‘rgazma-autsion
Toshkentdagi “Orzu” ko‘rgazma-auksionida 150 mln so‘mdan ortiq mablag‘ yig‘ildi
10:15 01.07.2024 (yangilandi: 10:32 01.07.2024) Ko‘rgazma-auksion o‘ziga 3 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilarni jalb qildi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Orzu” ko‘rgazma-auksionida 150 million so‘mdan ortiq mablag‘ yig‘ildi.
27-30 iyun kunlari Butunjahon yoshlar festivali doirasida dunyodagi birinchi “Orzu” noyob xayriya ko‘rgazma-auksioni o‘tkazildi. U o‘ziga Rossiya, AQSh, Turkiya, Xitoy, Avstraliya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, BAA, Kuvayt, Fransiya va Germaniyadan kelgan xalqaro mehmonlarni o‘z ichiga olgan 3 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilarni jalb qildi.
Ko‘rgazmada ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar taassurotlari asosida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan 20 ta noyob kartina namoyish etildi. Qayd etilishicha, psixologlar va jurnalistlar bolalarning hikoyalari bilan yaratilgan rasmlarni sinchkovlik bilan tekshirishdi va ma’qullashdi. Shundan so‘ng kartinalar rassomlar tomonidan 20 ta asar ko‘rinishiga keltirildi.
“29 iyun kuni kim oshdi savdosi bo‘lib o‘tdi, unda barcha rasmlar muvaffaqiyatli sotildi. Jami 151 400 000 so‘m (taxminan 12 ming dollar) yig‘ildi. Kartinalar uchun narxlar oralig‘i 4 million so‘mdan 20 million so‘mgacha bo‘ldi”, — deydi tadbir tashkilotchilari.
Xayriya auksionidan yig‘ilgan barcha pullar to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Mehrli qo‘llar” xayriya jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazildi. Keyingi bosqich - bolalarni ko‘rish qobiliyatini tiklash uchun tekshiruvlar o‘tkazish va operatsiya amalga oshirish.