O‘zbekiston milliy valyutasi 30 yoshda: “so‘m” haqida nimalar ma’lum?
O‘zbekiston milliy valyutasi 30 yoshda: “so‘m” haqida nimalar ma’lum?
Sputnik O‘zbekiston
1994 yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi “so‘m” muomalaga kiritildi. 2021-yilda 2 000, 5 000, 10 000, 20 000, 50 000, 100 000 so‘mlik va 2022-yilda 200 000 so‘mlik qiymatdagi yangi banknotlar taqdim etildi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Bugun O‘zbekistonning milliy valyutasi “so‘m” muomalaga kiritilgan kun sifatida nishonlanadi. Bundan 30-yil oldingi mazkur hodisa mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi ramzi va suverenitet sari qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi.Ushbu yo‘nalishda yetarli tajriba to‘plangach, 1994-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi “so‘m” muomalaga kiritildi.Markaziy bank tomonidan yillar davomida pul sifatini yaxshilash, xavfsizligini oshirish va dizayni borasida tinimsiz izlanishlar olib borildi.2018 yilda ixcham va yengilroq vaznda yangi dizayndagi tanga pullar – 50, 100, 200 va 500 so‘mlik pullar chiqarildi. Yangi dizayndagi 1000 so‘mlik tanga esa 2022-yilda muomalaga kiritildi.Naqd pulga doir islohotlarning davomi sifatida banknotlarning yangi dizayni ishlab chiqildi. 2021-yilda 2 000, 5 000, 10 000, 20 000, 50 000, 100 000 so‘mlik va 2022-yilda 200 000 so‘mlik qiymatdagi yangi banknotlar taqdim etildi.Ushbu banknotlar qog‘oz sifati, himoya qatlamlari borasida eskilaridan ancha farq qiladi. Pullarning dizaynida Buyuk Ipak yo‘li va mamlakatning tarixiy shaharlari mavzusi aks ettirildi.Milliy valyuta davlatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi, uning o‘zligini aks ettiruvchi, dunyoga tanituvchi muhim davlat ramzi hisoblanadi. Davlat ramzlariga hurmat bilan muomalada bo‘lish, avvalo, o‘sha xalqning o‘ziga bo‘lgan yuksak e’tiborini ifodalaydi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
Sputnik O‘zbekiston
so‘m tarix ma’lumot o‘zbekiston markaziy bank
so‘m tarix ma’lumot o‘zbekiston markaziy bank
O‘zbekiston milliy valyutasi 30 yoshda: “so‘m” haqida nimalar ma’lum?
Bugun milliy valyuta “so‘m” qabul qilinganiga 30-yil to‘ldi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Bugun O‘zbekistonning milliy valyutasi “so‘m” muomalaga kiritilgan kun sifatida nishonlanadi. Bundan 30-yil oldingi mazkur hodisa mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi ramzi va suverenitet sari qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi.
“Markaziy bank tomonidan 1991-1993 yillar davomida milliy valyutani muomalaga kiritish uchun juda ko‘p izlanishlar olib borildi, xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganildi. 1993-yilning 15-noyabridan boshlab to‘lov vositasi sifatida “So‘m-kupon” muomalaga kiritildi. Pul islohotini amalga oshirish borasida ma’lum tajribaga ega bo‘lish uchun “So‘m-kupon” o‘tish valyutasi sifatida xizmat qildi”, — deya xabar berdi Markaziy bank matbuot xizmati.
Ushbu yo‘nalishda yetarli tajriba to‘plangach, 1994-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi “so‘m” muomalaga kiritildi.
“Dastlab 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200 (1997 yil), 500 (1999 yil) va 1000 so‘mlik (2001 yil) pullar birin-ketin muomalaga kiritildi”, — deya qayd etdi Markaziy bank.
Markaziy bank tomonidan yillar davomida pul sifatini yaxshilash, xavfsizligini oshirish va dizayni borasida tinimsiz izlanishlar olib borildi.
2018 yilda ixcham va yengilroq vaznda yangi dizayndagi tanga pullar – 50, 100, 200 va 500 so‘mlik pullar chiqarildi. Yangi dizayndagi 1000 so‘mlik tanga esa 2022-yilda muomalaga kiritildi.
Naqd pulga doir islohotlarning davomi sifatida banknotlarning yangi dizayni ishlab chiqildi. 2021-yilda 2 000, 5 000, 10 000, 20 000, 50 000, 100 000 so‘mlik va 2022-yilda 200 000 so‘mlik qiymatdagi yangi banknotlar taqdim etildi.
Ushbu banknotlar qog‘oz sifati, himoya qatlamlari borasida eskilaridan ancha farq qiladi. Pullarning dizaynida Buyuk Ipak yo‘li va mamlakatning tarixiy shaharlari mavzusi aks ettirildi.
Milliy valyuta davlatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi, uning o‘zligini aks ettiruvchi, dunyoga tanituvchi muhim davlat ramzi hisoblanadi. Davlat ramzlariga hurmat bilan muomalada bo‘lish, avvalo, o‘sha xalqning o‘ziga bo‘lgan yuksak e’tiborini ifodalaydi.