“Osiyo bolalari” o‘yinlari boshqa mamlakatlarda ham targ‘ib qilinadi

© yakutsk2024.orgNagradili pobediteley i prizerov igr "Deti Azii"
Nagradili pobediteley i prizerov igr Deti Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2024
Obuna bo‘lish
Yakutskda VIII “Osiyo bolalari” o‘yinlarining birinchi haftasi yakunlandi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. “Osiyo bolalari” o‘yinlarining ishtirokchilari musobaqa brendini boshqa mamlakatlarda ham targ‘ib qiladi. Bu haqda “Osiyo bolalari” xalqaro qo‘mitasi prezidenti Vladimir Maksimov ma’lum qildi.
Yakutskda VIII “Osiyo bolalari” o‘yinlarining birinchi haftasi yakunlandi. Shu vaqt ichida turli yillardagi bitiruvchilar yosh sportchilar uchun mahorat darslari o‘tkazib, ko‘plab rasmiy tadbirlarda ishtirok etishdi.
Qayd etilishicha, bolalar va o‘smirlar sporti va O‘yin brendini rivojlantirish bo‘yicha ishlar kelajakda ham davom etadi.
“Bugun ham biz o‘yinlar bitiruvchilarining o‘zaro hamkorligi va birlashishi samaradorligini ko‘rapmiz. Va bu muloqot har qanday holatda ham bolalarni sport bilan shug‘ullanishga jalb qilishning qandaydir yangi shakllariga, ma’lum bir mamlakatda ma’lum bir sport turini rivojlantirishga va turli mahorat darslarini o‘tkazishga olib keladi. Shuning uchun ham Ittifoq tashkil etilgan. Bitiruvchilar bizning O‘yinlarimizga qanchalik e’tibor qaratayotganini, ushbu loyihaga, jumladan, o‘z mamlakatlarida ham qanday e’tibor qaratayotganini biz allaqachon sezib turibmiz. Ularning o‘zlari ushbu musobaqalarning barchasidan o‘tganliklarini hisobga olsak, ular o‘z tajribalarini nafaqat yosh avlodga, balki O‘yinlar loyihasining o‘zini yaxshilash uchun boshqa manfaatdor shaxslarga ham baham ko‘rishlari mumkin”, — deya qayd etdi qo‘mitasi prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Yakutsk shahrida “Osiyo bolalari” VIII xalqaro sport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi sportning 16 ta turida qatnashmoqda. Sportchilarning umumiy soni - 179 nafar.
Yangiliklar lentasi
0