Malayziya Toshkentda AYoQShlar tarmog‘ini yaratmoqchi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZapravka, arxivnoe foto
Zapravka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2024
Obuna bo‘lish
Malayziya Toshkent shahri va keyinchalik respublikaning boshqa hududlarida yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha loyihani amalga oshirish ishlarini boshlaydi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Malayziya Toshkentda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari (AYoQSh) tarmog‘ini yaratmoqchi. Bu haqda "Dunyo" AA ma’lum qildi.
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "FIVE Petroleum Malaysia" kompaniyasi asoschisi va bosh direktori King Lim Chin Fui bilan uchrashdi. Unda Malayziya kompaniyasi rahbari bilan O‘zbekistonga investitsiya kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi.
King Lim shu yil may oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda viloyat hokimligi bilan alyuminiy bankalar ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha erishilgan kelishuvni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, alyuminiy bankalarini yetkazib berishda mamlakatdagi salqin ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik o‘rnatiladi.
“Malayziya tomoni bilan Toshkent shahri va keyinchalik respublikaning boshqa hududlarida yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha loyihani ham amalga oshirish ishlarini boshlashga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda kompaniya vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga ishchi safarini tashkil etish to‘g‘risida kelishildi.
Ma’lumot uchun, mazkur kompaniya Malayziya bo‘ylab 110 dan ortiq avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarini boshqaradi.
Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2024
O‘zbekistonda "Tatneft", "Saneg" va "Lukoyl" AYoQShlari ochilishi rejalashtirilmoqda
Yangiliklar lentasi
0