https://oz.sputniknews.uz/20240630/uzbekistan-hungary-farmatsevtika-44595897.html
Vengriyaning yirik farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqchi
Vengriyaning yirik farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi amalga oshiriladi.
2024-06-30T17:10+0500
2024-06-30T17:10+0500
2024-06-30T17:10+0500
iqtisod
o‘zbekiston
vengriya
dori
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/1a/15059402_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_1a90d5bd78a51716290da543b8528fab.jpg
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Vengriyadagi yirik farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi, deya xabar berdi "Dunyo" AA. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov "Egis" ("Egis Pharmaceuticals PLC") farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari, tijorat direktori Chaba Pots bilan uchrashdi. Unda kompaniya O‘zbekiston bilan dori vositalari savdosi sohasida ancha faol hamkorlik qilayotgani aytildi. Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mutaxassislar almashinuvi, o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun amaliyot dasturini tashkil etish hamda sohaga oid O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifini tashkil etish masalalarini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib olishdi. O‘zbekistonda bu yil farmatsevtika tarmog‘ida 400 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, eksportni 200 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
o‘zbekiston
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/1a/15059402_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_b91e03564987063f785088171274cb37.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vengriya farmatsevtika kompaniyasi o‘zbekiston
vengriya farmatsevtika kompaniyasi o‘zbekiston
Vengriyaning yirik farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqchi
O‘zbekiston delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi amalga oshiriladi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Vengriyadagi yirik farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov "Egis" ("Egis Pharmaceuticals PLC") farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari, tijorat direktori Chaba Pots bilan uchrashdi. Unda kompaniya O‘zbekiston bilan dori vositalari savdosi sohasida ancha faol hamkorlik qilayotgani aytildi.
“Vengriya vakili korxona tarmog‘idan dori vositalarining ayrim turlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorlik, shuningdek, o‘zbekistonlik mutaxassislar va farmatsevtika sohasi talabalari uchun kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlarida ish tajribasini o‘rganish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mutaxassislar almashinuvi, o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun amaliyot dasturini tashkil etish hamda sohaga oid O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifini tashkil etish masalalarini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib olishdi.
O‘zbekistonda bu yil farmatsevtika tarmog‘ida 400 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, eksportni 200 million dollarga
yetkazish rejalashtirilgan.