BMT bosh kotibi O‘zbekistonga keladi — kun tartibi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2024
Obuna bo‘lish
Kun tartibidan O‘zbekistonning BMT va uning institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, global siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari o‘rin olgan.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterrish 30-iyun - 1-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Oliy martabali mehmonning tashrifi doirasida Toshkentda oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibidan O‘zbekistonning BMT va uning institutlari bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari, shuningdek, global siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari o‘rin olgan.
"Mamlakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi", — deyiladi xabarda.
Tashrif davomida BMT Bosh kotibi qator sanoat va ijtimoiy soha obyektlarini ham borib ko‘radi, ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar o‘tkazadi.
Yangiliklar lentasi
0