Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

"To‘liq erkinlik": Germaniyada Rossiyaning Ukraina osmonidagi harakatlaridan qo‘rqishdi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishProvedenie spetsoperatsii VS RF v yujnom napravlenii.
Provedenie spetsoperatsii VS RF v yujnom napravlenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2024
Obuna bo‘lish
Jurnalist: Rossiya qurolli kuchlari Ukraina uzra razvedkachi uchuvchisiz dronlardan bemalol foydalanmoqda.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Ukraina qurolli kuchlari havo hujumidan mudofaa tizimlarining ko‘p qismini yo‘qotganligi sababli, Rossiya armiyasi Ukraina ustidan razvedka uchuvchisiz dronlaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega. Bu haqda germaniyalik jurnalist va harbiy kuzatuvchi Yulian Ropke X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Rossiya razvedka dronlari parvozlarida to‘liq erkinlikka ega. Shuningdek, ballistik raketalarning aksariyati ham o‘tadi", — dedi u.
Ropke, Ukraina G‘arb va’da qilganidan ko‘ra ko‘proq havo mudofaa tizimini yo‘qotishda davom etayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, G‘arbning Patriot zenit-raketa tizimlari ko‘rinishidagi yordami, ehtimol, juda kech keladi va endi Ukraina Qurolli kuchlariga yordam bermaydi.
May oyida Reuters agentligi Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya tomonidan uchuvchisiz samolyotlardan ko‘proq foydalanishdan shikoyat qilgani haqida xabar bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0