Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Sibirda qurilayotgan sinxrotrondan qanday foydalaniladi?

© SKIFSKIF — Sibirskiy kolsevoy istochnik fotonov
SKIF — Sibirskiy kolsevoy istochnik fotonov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2024
Obuna bo‘lish
Yadro fizikasi akademigi SKIFdan birinchi navbatda nima uchun foydalanish rejalashtirilayotganini aytdi.
TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. Novosibirsk yaqinidagi Kolsovo ilm-fan shahrida qurilayotgan Sibir halqa foton manbai (SKIF) birinchi navbatda mamlakat mudofaasi va xavfsizligi maqsadlarida foydalaniladi, dedi Budker nomidagi Yadro fizikasi instituti direktorii akademik Pavel Logachev. RIA Novosti xabariga asosan.
Eslatib o‘tamiz yaqindja SKIF ichida o‘rnatiladigan tezlatgich-saqlash majmualarining sinov-yig‘ish jarayoni boshlangan edi. Bu sinxrotronning kuchaytiruvchi magnit va vakuumli uskunalari bo‘lgan maxsus stendlar.
"Xorijiy qurilmalarda ishlash natijalarni mudofaa va xavfsizlik maqsadlarida foydalanishni istisno qiladi, shuning uchun Rossiya o‘zining birinchi sinxrotronidan jumladan ushbu maqsadlar uchun ham foydanadi. Ayni damda sinovdan o‘tkazilaayotgan eng yuqori texnologiyali uskunalar aynan ushbu vazifalar uchun ishlay boshlaydi, - dedi Logachev.
© SKIFSKIF — Sibirskiy kolsevoy istochnik fotonov
SKIF — Sibirskiy kolsevoy istochnik fotonov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2024
SKIF — Sibirskiy kolsevoy istochnik fotonov
Uning ta’kidlashicha, biologlar va shifokorlar ham birinchi bo‘lib SKIFga a’zo bo‘lishadi, ularning vazifasi nafaqat biologik xavfsizlik dasturini ta’minlash, balki mamlakat aholisi salomatligini mustahkamlash, davolashning yangi usullari va tibbiyotda yangi biokimoviy usullar, yangi dozalash shakllarini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.
“Bizda bu yil rejalarimizni amalga oshirish va SKIF manbasini yaratish to‘g‘risidagi qarorni bajarish uchun barcha texnologik jihozlar joriy yil oxirigacha ishlab chiqariladi, bu nafaqat tezlatkichlar majmuasi, balki asosiy uskunalarni ham anglatadi. Bundan tashqari, bu majmua dunyodagi eng yorqin nurlanish beradigan mashinadir”. — dedi akademik.
Yadro istituti direktori bugungi kunda SKIF taqdim etadigan tadqiqot va amaliy natijalar mamlakat iqtisodiyoti va mudofaasiga juda zarur ekanligini qo‘shimcha qildi.
“Kelajak avlodlarimizga ular yosh tadqiqotchilarimiz, iqtidorli yigitlarimiz, ko‘zlari chaqnab, dunyoning eng zo‘r o‘rnatish ustida ishlashi, dunyodagi eng yaxshi texnologiyalarni yaratishi uchun zarur”, — dedi u.
© SKIFSKIF — Sibirskiy kolsevoy istochnik fotonov
SKIF — Sibirskiy kolsevoy istochnik fotonov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2024
SKIF — Sibirskiy kolsevoy istochnik fotonov
SKIF — Rossiyaning “Fan va universitetlar” milliy loyihasi doirasida qurilayotgan "4+" sinxrotron nurlanish manbaidir. “Sibir halqasi foton manbai” 34ta bino inshootdan iborat bo‘lib u turli soha olimlari tomonidan jamoaviy foydalanish maqsadida yaratilmoqda.

SKIF hammaga yaxshi tanish bo‘lgan “Katta android kollayder”ga o‘xshash majmua, lekin uning ishlash prinsipi boshqacha. Kollayder moddarlaring atom va yadrolarini to‘qnashtirib, ularning tuzilishini o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, SKIF elktronlarni tezlashtirish va uning natijasida hosil bo‘lgan nurlanish yordamida (tomgrafiyaga o‘xshash) ko‘proq biologik va fizik moddalar tuzilishini, oqsil tarkibini o‘rganishga ixtisoslashgan. SKIF qurib bitkazilganidan so‘ng dunyodagi eng yorug‘ nur chiqaradigan ana shunday nurlanish manbai bo‘ladi.

Bugungi kunda ushbu kabi sinxrotronlar dunyoning bir necha mamlakatlarida bor. Olimlar ularning yordamida rak kasalligini o‘rganish, yangi dorilar yaratishda foydalanadi. So‘nggi 10-yilda yaratilgan yangi dorilarnig 90%ida sinxrotron izlanishlardan foydalanilgan. Eng yorqin misollardan biri ؙ— koronavirus pandemiyasi vaqtida olimlar olimlar sinxrotron yordamida qisqa vaqt ichida uning oqsil tuzilishini aniqlashdi va tezkorlik bilan unga qarshi dorilar ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.
Yangiliklar lentasi
0