https://oz.sputniknews.uz/20240629/iran-prezident-saylov-44588125.html
Eronda prezident saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi
Eronda prezident saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi bosqichda 60 million saylovchidan 24 millioni ishtirok etgan. 29.06.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-06-29T13:34+0500
2024-06-29T13:34+0500
2024-06-29T13:34+0500
eron
saylov natijalari
prezident
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1d/44582596_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_d4ec1d7f8837153bbc9c0b088cf1d503.jpg.webp
TOShKENT, 29-iyun – Sputnik. Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida nomzodlarning hech biri 50% ovoz to‘play olmagani sababli, saylovning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi. 28-iyun kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida jamlangan barcha 24,5 million ovoz sanab chiqilgan. Ularning natijasiga ko‘ra Masud Pezeshkian 10,4 million, Said Jalili — 9,5 mln ovoz to‘plagan. Ma’lumot uchun, Eron prezident lavozimi uchun kurashda 4 kishi ishtirok etdi: Sobiq ichki ishlar vaziri, din arbobi Mostafa Purmuhammadi, Eron oliy rahbarining Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili Said Jaliliy, parlamentning amaldagi spikeri Muhammad Bagir G‘olibaf hamda sobiq sog‘liqni saqlash vaziri va parlament a’zosi Masud Pezeshkian.Eron prezidenti mamlakatdagi oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiydan keyin ikkinchi eng qudratli siyosatchi hisoblanadi. Prezidentning vazifalariga konstitutsiya qoidalarini amalga oshirish va ijro etuvchi hokimiyatga rahbarlik qilish kiradi. Eron tashqi siyosatining umumiy yo‘nalishi yangi prezidentga bog‘liq bo‘ladi.
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1d/44582596_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_fb69f8fbddd87661693f29ab04c433c6.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eron, saylov natijalari, prezident
eron, saylov natijalari, prezident
Eronda prezident saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi
Birinchi bosqichda 60 million saylovchidan 24 millioni ishtirok etgan.
TOShKENT, 29-iyun – Sputnik. Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida nomzodlarning hech biri 50% ovoz to‘play olmagani sababli, saylovning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi.
“Nomzodlarning hech biri ko‘pchilik ovoz to‘play olmagani sababli, qonunga ko‘ra, saylovning ikkinchi bosqichi 5-iyul juma kuni butun respublika bo‘ylab o‘tkaziladi”, - deyiladi xabarda.
28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida jamlangan barcha 24,5 million ovoz sanab chiqilgan. Ularning natijasiga ko‘ra Masud Pezeshkian 10,4 million, Said Jalili — 9,5 mln ovoz to‘plagan.
Ma’lumot uchun, Eron prezident lavozimi uchun kurashda 4 kishi ishtirok etdi: Sobiq ichki ishlar vaziri, din arbobi Mostafa Purmuhammadi, Eron oliy rahbarining Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili Said Jaliliy, parlamentning amaldagi spikeri Muhammad Bagir G‘olibaf hamda sobiq sog‘liqni saqlash vaziri va parlament a’zosi Masud Pezeshkian.
Eron prezidenti mamlakatdagi oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiydan keyin ikkinchi eng qudratli siyosatchi hisoblanadi. Prezidentning vazifalariga konstitutsiya qoidalarini amalga oshirish va ijro etuvchi hokimiyatga rahbarlik qilish kiradi. Eron tashqi siyosatining umumiy yo‘nalishi yangi prezidentga bog‘liq bo‘ladi.