YeI Isroilning Falastin hududidagi yangi chegara postlarini tan olmadi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyFlagi s simvolikoy Yevrosoyuza, arxivnoe foto
Flagi s simvolikoy Yevrosoyuza, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2024
Obuna bo‘lish
YeI yana bir bor Isroilning bosib olingan Falastin hududidagi aholi punktlarini kengaytirayotganini qoraladi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Yevropa Ittifoqi Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrichning bosib olingan Falastin hududida beshta yangi Isroil chegara postlarini qonuniylashtirish kerakligi haqidagi bayonotini qoraladi.

"Bu tinchlikka qarshi qaratilgan sa’y-harakatlarga putur yetkazish uchun yana bir qasddan qilingan urinishdir. Yevropa Kengashining joriy haftadagi yig‘ilishida Yevropa Ittifoqi rahbarlari Isroil hukumatining bosib olingan G‘arbiy Sohilda noqonuniy aholi punktlarini yanada kengaytirish bo‘yicha qarorlarini qoraladilar va Isroilni bu qarorlarini bekor qilishga chaqirdilar", - deyilgan bayonotda.

Hujjatda eslatib o‘tiladiki, o‘zining uzoq yillik umumiy pozitsiyasi sodiq qolgan holda hamda BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalariga muvofiq, Yevropa Ittifoqi 1967-yildan so‘ng o‘zaro chegaralarga tomonlar roziligisiz kiritilgan o‘zgartirishlarni tan olmaydi.
"Yevropa Ittifoqi Falastin milliy ma’muriyatini zaiflashtiradigan harakatlar to‘xtatilishi kerakligini ta’kidlaydi", deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalariga muvofiq, ikki davlatning “tinchlik, xavfsizlik va o‘zaro tan olish sharoitida yonma-yon yashash” yechimiga asoslangan mustahkam va barqaror tinchlikka sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Isroil-Falastin mojarosi

Ma’lumot uchun, 2023-yil 7-oktabr kuni Falastinning HAMAS harakatining harbiy qanoti Isroil hududiga ommaviy raketa zarbasi berdi va chegaraga yaqin hududlarga bostirib kirdi. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari "G‘azo" sektoriga raketa zarbalari berdi va bombardiman qildi. Shuningdek, Isroil G‘azo sektorini to‘liq blokadaga oldi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berish to‘xtatildi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda G‘azo sektorida qurbonlar soni 10 ming kishidan oshgan.

Rossiya ikkala tomondan ham harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi. Prezident Vladimir Putin Falastin-Isroil mojarosini faqat BMT Xavfsizlik Kengashining 1947-yildagi rezolyutsiyasini bajarish orqali hal qilish mumkinligini ta’kidlagan. Ya’ni poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini yaratish orqali.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0