Tramp va Baydenning birinchi saylovoldi debati qanday o‘tdi - video

Obuna bo‘lish
Telebahslashuvning asosiy mavzulari bu AQSh ichki muammolari, chegaradan o‘tayotgan noqonuniy migrantlar va narxlar o‘sishi bo‘ladi. Xalqaro muammolar orasida esa, albatta, Ukraina mavzusi muhokama qilinadi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. AQShning amaldagi prezidenti Jozef Bayden hamda sobiq prezident Donald Trampning dastlabki saylovoldi debati boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu debat Tramp tashabbusi bilan bo‘lib o‘tmoqda. Lekin uning tashkilotchisi demokratlarni qo‘llab-quvvatlovchi CNN telekanali. Shu sababli ham telekanal Bayden uchun maksimal qulaylik yaratgan. Debatlar AQSh tarixida birinchi marotaba tomoshabinlarsiz zalda bo‘lib o‘tadi. Ya’ni hamma narsani faqat efir orqali ko‘rish mumkin.
Bayden va Tramp 90 daqiqa davomida, tik turgan holda, navbatma-navbat nutq so‘zlashadi. Bir kishi gapirayotgan vaqtda ikkinchisining mikrofoni o‘chirilgan bo‘ladi. Qur’a tashlash natijasida Bayden sahnadagi o‘ziga qulay minbarni tanladi, Tramp esa so‘nggi so‘z huquqini qo‘lga kiritdi.
Ushbu teledebatlarning yana bir farqli jihati — u nomzodlar rasman e’lon qilinishidan oldin bo‘lib o‘tmoqda. Ya’ni shu yo‘l bilar demokratlar Baydenni ham sinab ko‘rishmoqchi. Agar u birinchi “jangda” yutqazsa, ularda nomzodni almashtirish uchun hali imkon bo‘ladi.
Telebahslashuvning asosiy mavzulari bu — AQSh ichidagi iqtisodiy muammolar, chegaradan o‘tayotgan noqonuniy migrantlar va Amerikada benzin va boshqa tovarlar narxi o‘sishi bo‘ladi, deyishmoqda ekspertlar.
Xalqaro muammolar orasida esa, albatta, Ukraina mavzusi muhokama qilinadi. Ma’lumki, Bayden ma’muriyati yaqindagina Ukrainaga yordam ko‘rsatish haqida shartnoma imzolashdi. Ammo Tramp bu mavzuda qarama-qarshi fikrga ega. U Ukrainani tinchlik shartnomasi imzolashga majburlab, urushni qisqa vaqt ichida tugatmoqchi.
Dastlabki so‘rovlarga ko‘ra, teledebatlarda Tramp g‘olib chiqishini yoqlab, 47 % kishi ovoz bergan, Bayden g‘alabasi uchun esa 37%.
Yangiliklar lentasi
0