Bayden va Tramp debatida aytilgan asosiy gaplar
12:51 28.06.2024 (yangilandi: 13:08 28.06.2024)
Obuna bo‘lish
CNN telekanali o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra 67% respondentlar ushbu bahsda Tramp ustunlik qilganini ta’kidlashgan. Faqat 33% Baydenga ustunlik bergan.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Toshkent vaqati bilan bugun erta tongda AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden hamda sobiq prezident Donald Tramp orasida dastlabki saylovoldi debatlar bo‘lib o‘tdi.
Debatlar CNN studiyasida tomoshabinlarsiz o‘tkazildi. Unda dastlabki so‘z navbati Baydenda edi. Prezident quyidagilarni aytdi:
Tramni iqtisodiy tartibsizlikni meros qoldirishda aybladi;
Iqlim o‘zgarishini insoniyat uchun yagona tahdid deb atadi;
U Amerika askarlari mamlakat tashqarisida halok bo‘lmagan yuz yillikdagi birinchi AQSh prezidenti ekanini aytdi. Lekin bu noto‘g‘ri;
Trampni “omadsiz” deb atadi.
Tramp, o‘z navbatida, quyidagi bildirdi.
Baydenni AQSh tarixidagi eng yomon prezident deb atadi va agar saylovda u g‘alaba qozonsa, “AQShdan hech narsa qolmasligini” aytdi.
Baydenni AQSh tarixidagi eng yomon prezident deb atadi va agar saylovda u g‘alaba qozonsa, “AQShdan hech narsa qolmasligini” aytdi.
Baydenni uning davrida AQSh jahon miqyosida o‘z obro‘sini yo‘qotib, “uchinchi dunyo davlati”ga aylanganlikda aybladi.
Baydenni Xitoydan pul olishda aybladi va uni "Manjuriyalik nomzod" deb atadi.
U Oq uyga rasman qaytishidan oldin ham Ukrainadagi mojaroni hal qilishiga va’da bergandi, biroq Moskva tomonidan ilgari surilgan shartlarni nomaqbul deb atadi.
Rossiya bilan ziddiyatda Ukraina yutqazayotganini, Bayden tufayli Ukraina ko‘plab chiroyli shaharlarini yo‘qotganini qayd etdi.
Isroil-Falastin mojarosida Isroilga HAMASni butunlay yo‘q qilish imkonini berish kerak dedi.
Uning jismoniy holati a’lo darajada ekaniga ishontirdi va Baydenga aqliy qobiliyat testidan o‘tishni taklif qildi.
Debatlardan so‘ng demokratlar tushkunlikka tushib qoldi, deb xabar bermoqda AQShning bir necha nashrlari. Chunki Baydenning chiqishi unchalik ishonchli bo‘lmagan. U gaplarning oxirini yaxshi ayta olmagan. Zalda mavjud bo‘lmagan tomoshabinlarga murojaat qilgan.
CNN telekanali o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra 67% respondentlar ushbu bahsda Tramp ustunlik qilganini ta’kidlashgan. Faqat 33% Baydenga ustunlik bergan.