O‘zbekistonda Rossiyaning alyuminiy mahsulotlari ko‘payadi — tafsilotlar

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishIrkutskiy alyuminiyeviy zavod
Irkutskiy alyuminiyeviy zavod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2024
Obuna bo‘lish
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasida kompaniya va uyushma mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Hozirda Rossiyaning “Rusal” kompaniyasi va “Alyuminiy” uyushmasi mahsulotni O‘zbekistonga yetkazib berish ehtiyojlari va imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda Rossiyaning respublikadagi Savdo vakolatxonasi ma’lum qildi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasida kompaniya va uyushma mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
© Press-slujba Torgpredstva RF v RUzUzbekistan i Rossiya budut sotrudnichat v alyuminiyevoy promishlennosti
Uzbekistan i Rossiya budut sotrudnichat v alyuminiyevoy promishlennosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2024
Uzbekistan i Rossiya budut sotrudnichat v alyuminiyevoy promishlennosti

“Tomonlar O‘zbekiston bozoridagi ish sharoitlarini, respublikaning yuqori sifatli alyuminiy mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini hamda transport logistikasi, meyoriy-texnik hujjatlar va bojxona tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Rossiya alyuminiy uyushmasi o‘rtasida alyuminiy va kabel sanoatida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi.
Hujjat ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasidagi ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy aloqalarni kengaytirish, jumladan, O‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirishda alyuminiy bo‘yicha innovatsion yechimlarni joriy etish imkonini beradi.
 Podpisan memorandum o vzaimoponimanii s Alyuminiyevoy Assotsiatsiyey Rossii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
O‘zbekiston va Rossiya alyuminiy ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qiladi
Yangiliklar lentasi
0