Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Nima uchun O‘zbekiston kichik AES foydasiga tanlov qilmoqda?

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ushbu masala barcha mumkin bo‘lgan omillar va holatlarni hisobga oladi: uglerod chiqindilarini kamaytirish, iqtisodiy maqsadga muvofiqlik, zamonaviy atom elektr stansiyalarining raqobatbardoshligi va eng yuqori darajadagi xavfsizlik.
Nima uchun O‘zbekiston kichik AES foydasiga tanlov qilmoqda? Bu savolga Sputnik O‘zbekiston multimedia markazida bo‘lib o‘tgan Ostona-Moskva-Toshkent videoko‘prigida “O‘zatom” agentligi direktori maslahatchisi Qosim To‘xtaxunov javob berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston atom energetikasining nafaqat yirik, balki kichik, modullisini ham rivojlantirishga ishonchi komil.

“Energiya tizimi ishidan kelib chiqib, bu kichik modullar biz uchun juda mos keladi. Ular ancha moslashuvchan. Ish rejimi 120% ni tashkil qiladi. Biz hozir qayta tiklanadigan energiya, quyosh energiyasini keng ko‘lamda joriy etayotganimizni hisobga olsak, bizda energiya balansini qoplash bo‘yicha juda ko‘p savollar paydo bo‘ladi. Hisob-kitoblarimiz shuni ko‘rsatadiki, kichik, modulli yadro energiyasi energiya tizimining ishlash rejimiga juda muvaffaqiyatli, juda uyg‘un bo‘lishi mumkin”,– dedi To‘xtaxunov.

Batafsil – Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0