O‘zbekiston turizm imkoniyatlari Xitoy-Yevroosiyo ko‘rgazmasida taqdim etilmoqda
© Pravitelstvo respubliki UzbekistanTuristicheskie vozmojnosti Uzbekistana predstavleni na Kitaysko-Yevraziyskoy vistavke
© Pravitelstvo respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada “Made in Uzbekistan” nomi ostida O‘zbekiston stendi ham taqdim qilinmoqda.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Urumchidagi sakkizinchi “Xitoy-Yevroosiyo” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.
Xalqaro ko‘rgazmada “Made in Uzbekistan” nomi ostida O‘zbekiston stendi ham taqdim qilinmoqda.
“Taqdimotda Xitoy sayyohlik bozorini jalb etishda ahamiyatli bo‘lgan hunarmandchilik mahsulotlarimiz, gastroturizm, tibbiy turizm, agroturizim, ekstremal tog‘ turizmi, shuningdek, tarixiy qadamjolarlarimiz va safari turizm imkoniyatlari ham keng targ‘ib etilmoqda”, — deb xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
Bosh vazir matbuot xizmatiga ko‘ra, sakkizinchi “Xitoy-Yevroosiyo” xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimida faxriy mehmon sifatida O‘zbekiston, Qirg‘iziston bosh vazirlari, Tojikiston, Qozog‘iston bosh vazirlarining o‘rinbosarlari, shuningdek, 40 nafardan ortiq xorijiy hukumat vakillari ishtirok etdi.
© Pravitelstvo respubliki UzbekistanTuristicheskie vozmojnosti Uzbekistana predstavleni na Kitaysko-Yevraziyskoy vistavke
Turisticheskie vozmojnosti Uzbekistana predstavleni na Kitaysko-Yevraziyskoy vistavke
© Pravitelstvo respubliki Uzbekistan
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham so‘zga chiqdi.
“Xitoylik hamkorlar bilan energetika, kimyo, mashinasozlik, tekstil, qurilish materiallari, maishiy texnika, tibbiy asbob-uskunalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani bildirildi. Savdo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida mintaqa mamlakatlari uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi boshlanayotgani ma’lum qilindi”, — deyiladi xabarda.
Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xitoyning Markaziy Osiyoga darvozasi hisoblanishi, bunday formatdagi tadbir esa o‘zaro hamkorlikni izchil va mantiqiy davom ettirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, Urumchiga tashrif doirasida Xitoyning “China State Construction Engineering Corporation”, “Shina Energy International Group” va boshqa kompaniyalari bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.