https://oz.sputniknews.uz/20240627/rustam-minnixanov-uzbekistan-44547512.html
Tatariston raisi Rustam Minnixanov O‘zbekistonga keldi
Tatariston raisi Rustam Minnixanov O‘zbekistonga keldi
Sputnik O‘zbekiston
Yuqori martabali mehmonni Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov kutib oldi.
2024-06-27T10:12+0500
2024-06-27T10:12+0500
2024-06-27T10:12+0500
siyosat
iqtisod
o‘zbekiston
tatariston
rustam minnixanov
navoiy viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1b/44546543_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_0658dbb8b826529f6cf66f8c1e85e5cf.jpg
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Tatariston raisi Rustam Minnixanov Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Yuqori martabali mehmonni viloyat hokimi Normat Tursunov kutib oldi, deya xabar berdi hokimlik matbuot xizmati. Minnixanovning ilk tashrifi Karmana tumanidagi Qosimshayx Azizon ziyoratgohiga bo‘ldi. Qayd etilishicha, mazkur zavod mahalliylashtirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha respublikada yetakchilardan biri hisoblanadi. Navoiy mashinasozlik zavodida 15 ming turdan ortiq yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilib, kombinat ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar, uskuna va jihozlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, Minnixanov “Gidro Stanko Servis” MChJ, "Uzbekistan Hydrogen Peroxide" korxonasida “Vodorod peroksidi” ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi hamda Navbahor tumani kasb-hunar maktabiga bordi. Tashrif davomida uchrashuvlar o‘tkazish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi. Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Tatariston raisi Rustam Minnixanov Surxondaryo viloyatida bo‘lgan edi. Shuningdek, aprel oyida u “Buxoro sanoatni rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parki obyektlarida bo‘lib, viloyat hokimi Botir Zaripov bilan mazkur sanoat obyektini yanada rivojlantirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazgan.
o‘zbekiston
tatariston
navoiy viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1b/44546543_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_57b50a583d5b3dbb8561179db930d0db.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
navoiy viloyati hokimi normat tursunov rustam minnixanov
navoiy viloyati hokimi normat tursunov rustam minnixanov
Tatariston raisi Rustam Minnixanov O‘zbekistonga keldi
Yuqori martabali mehmonni Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov kutib oldi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Tatariston raisi Rustam Minnixanov Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Yuqori martabali mehmonni viloyat hokimi Normat Tursunov kutib oldi, deya xabar berdi hokimlik
matbuot xizmati. Minnixanovning ilk tashrifi Karmana tumanidagi Qosimshayx Azizon ziyoratgohiga bo‘ldi.
“Rustam Minnixanov Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov hamrohligida Navoiy mashinasozlik zavodida bo‘lib, korxona ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mashinasozlik zavodi sexlaridagi ishlab chiqarish jarayonlari, tayyorlanayotgan mahsulotlar va ularning sifati bo‘yicha mutaxassislar bilan suhbatlashildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur zavod mahalliylashtirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha respublikada yetakchilardan biri hisoblanadi.
Navoiy mashinasozlik zavodida 15 ming turdan ortiq yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilib, kombinat ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar, uskuna va jihozlar tayyorlanmoqda.
Shuningdek, Minnixanov “Gidro Stanko Servis” MChJ, "Uzbekistan Hydrogen Peroxide" korxonasida “Vodorod peroksidi” ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi hamda Navbahor tumani kasb-hunar maktabiga bordi.
Tashrif davomida uchrashuvlar o‘tkazish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Tatariston raisi Rustam Minnixanov Surxondaryo viloyatida
bo‘lgan edi. Shuningdek, aprel oyida u “Buxoro sanoatni rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parki obyektlarida bo‘lib, viloyat hokimi Botir Zaripov bilan mazkur sanoat obyektini yanada rivojlantirish yuzasidan
uchrashuv o‘tkazgan.