Jurnalistlar faoliyati mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanmoqda — Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNakanune Ramazan xayita, Prezident Shavkat Mirziyoyev pozdravil narod s etim svetlim prazdnikom.
Nakanune Ramazan xayita, Prezident Shavkat Mirziyoyev pozdravil narod s etim svetlim prazdnikom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yo‘lladi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Jurnalistlar faoliyati nafaqat “to‘rtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan tabrigida qayd etilgan.
O‘zbekiston prezidenti OAV vakillarini 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklar ekan, mamlakatda so‘z erkinligi va fikrlar xilma-xilligiga erishish yo‘lida keng imkoniyatlar ochilayotgani media vositalari vakillarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, o‘rni va nufuzini yanada kuchaytirayotganini ta’kidladi.
“Muxtasar aytganda, kuyunchak va olijanob jurnalistlarimiz, faol blogerlarimiz o‘zlarining qat’iy pozitsiyasi, haqqoniy so‘zi bilan hayotimizdagi o‘tkir muammolarni hal etish, islohotlarimizning samarasini oshirish, yurtdoshlarimizning fikrini, dunyoqarashini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Hech shubhasiz, bularning barchasi milliy media vositalarimiz “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga yaqinlashib borayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday yuksak marraga yetish oson emasligi, bu yo‘lda to‘siq va qiyinchiliklar bo‘lishi tabiiydir. Lekin, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu boradagi ishlarimizni qat’iyat bilan davom ettiramiz”, — deyiladi tabrik matnida.
Aytilishicha, matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “to‘rtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda.
“Bu esa mazkur yo‘nalishda aynan sizlardek jasur va dovurak, Vatanni chin dildan sevadigan, o‘z kasbiga sodiq va fidoyi insonlar tobora ko‘proq bo‘lishini taqozo etmoqda. Ana shu talabdan kelib chiqqan holda, ko‘p qirrali professional bilim va malakaga, yuksak ma’naviy-intellektual fazilatlarga ega bo‘lgan zamonaviy jurnalist kadrlar tayyorlash bundan buyon ham ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi”, — dedi prezident.
Ta’kidlanishicha, dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalarni milliy manfaatlarni hisobga olgan holda tezkor va chuqur tahlillar asosida yoritib borish o‘ta muhim.
“Sohada xizmat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning mashaqqatli mehnatini rag‘batlantirish masalalari bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Ushbu quvonchli ayyomda sizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, sharafli faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar, xonadonlaringizga tinchlik va fayzu baraka tilayman”, — deyiladi tabrikda.
Bumaga i ruchka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2024
Prezident 40 nafardan ortiq OAV vakillarini mukofotladi — ular kimlar?
Yangiliklar lentasi
0