O‘zbekistonda "Tashabbusli budjet"ning yo‘nalishlari kengaytirilmoqda

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovV Tashkentskoy oblasti otkrili innovatsionniy detsad
V Tashkentskoy oblasti otkrili innovatsionniy detsad  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2024
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Kelasi yildan boshlab butun respublika bo‘ylab bolalar bog‘chalarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun 470 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq 2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Uni amalga oshirish uchun jami 77 868 trillion so‘m yo‘naltirildi.
Mazkur dastur doirasida shu yillarda respublika bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalarida 18 ming 437 ta o‘rin tashkil etish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmatining Sputnik muxbiriga tushuntirishicha, 2024-yil avgust oyidan boshlab 2025-yil uchun bog‘chalarning 50 foizini tanlash “Ochiq budjet” portali orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Har kim maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarini berishi mumkin. Qolgan 50 foiz bog‘chalar Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida belgilangan tartibda tashkil etiladi, deya aniqlik kiritdi vazirlik mutaxassislari.
“Tashabbusli budjetlashtirish aholiga hududlarda maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etish imkonini beradi. Eng ko‘p aholi ovozini olgan loyihalar O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasiga har bir hudud uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida kiritiladi”, — deya ma’lum qildi vazirlik matbuot xizmati.
Shu bilan birga, o‘zbekistonliklar “Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili bo‘yicha tashabbusli budjet platformasi orqali ovoz berishlari mumkin bo‘ladi. Vazirlikka ko‘ra, bu ovozlarni yig‘ish uchun SIM-kartalarni ommaviy xarid qilish bilan bog‘liq holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida 2025-yilda maktabgacha ta’lim muassasalariga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 479,5 milliard so‘m yo‘naltiriladi”, — deya qo‘shimcha qildi vazirlik matbuot xizmati.
Yangiliklar lentasi
0