https://oz.sputniknews.uz/20240626/shavkat-mirziyoev-russia-iiv-vladimir-kolokoltsev-44530660.html
Mirziyoyev Rossiya ichki ishlar vazirini qabul qildi
Mirziyoyev Rossiya ichki ishlar vazirini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvda terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, kiberxavfsizlik va raqamli ekspertiza sohalaridagi hamkorlik... 26.06.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-06-26T09:29+0500
2024-06-26T09:29+0500
2024-06-26T10:32+0500
siyosat
o‘zbekiston
rossiya
shavkat mirziyoyev
iiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1a/44530346_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c3032e0d0e3e8df56e94684a2afbb5a3.jpg
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi yaqinda Dog‘istonda sodir etilgan terrorchilik xuruji oqibatida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining oila a’zolariga hamdardlik va dalda so‘zlarini bildirdi. Shuningdek, migratsiya sohasida hamkorlik mexanizmlarining samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Rossiya Ichki ishlar vazirligi vakili Irina Volkning ma’lum qilishicha, muloqot chog‘ida Rossiya vaziri qabul qiluvchi davlatning tili, madaniyati va qonunchiligini bilish, shuningdek, talab qilinadigan malakalarning mavjudligi migrantning muvaffaqiyatli integratsiyalashuvining muhim tarkibiy qismlari va uning noqonuniy faoliyatga aralashish xavfini kamaytirishini qayd etdi.Belgilangan rejim va bo‘lish tartibiga rioya qilish O‘zbekiston fuqarolariga iqtisodiyotning “soya sektori”ga tushib qolmaslik uchun Rossiyada qonuniy qolish va ishlash imkonini beradi.Kolokolsevning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya vaziyatidan turli buzg‘unchi ekstremistik va terroristik kuchlar, shuningdek, do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarning tashqi razvedka xizmatlari tomonidan keng foydalanilmoqda.Ikki davlat manfaatdor idoralari o‘rtasida axborot almashish noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshiradi, deya qo‘shimcha qildi u.
https://oz.sputniknews.uz/20240625/uzbekistan-russia-iiv-bayonnoma-44520601.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1a/44530346_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_6e8569c02fe3ca12aa157689f71dbb59.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, rossiya, shavkat mirziyoyev, iiv
siyosat, o‘zbekiston, rossiya, shavkat mirziyoyev, iiv
Mirziyoyev Rossiya ichki ishlar vazirini qabul qildi
09:29 26.06.2024 (yangilandi: 10:32 26.06.2024) Uchrashuvda terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, kiberxavfsizlik va raqamli ekspertiza sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi yaqinda Dog‘istonda sodir etilgan terrorchilik xuruji oqibatida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining oila a’zolariga hamdardlik va dalda so‘zlarini bildirdi.
“Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi ko‘rib chiqildi. Terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, kiberxavfsizlik va raqamli ekspertiza sohalaridagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, migratsiya sohasida hamkorlik mexanizmlarining samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi vakili Irina Volkning
ma’lum qilishicha, muloqot chog‘ida Rossiya vaziri qabul qiluvchi davlatning tili, madaniyati va qonunchiligini bilish, shuningdek, talab qilinadigan malakalarning mavjudligi migrantning muvaffaqiyatli integratsiyalashuvining muhim tarkibiy qismlari va uning noqonuniy faoliyatga aralashish xavfini kamaytirishini qayd etdi.
Belgilangan rejim va bo‘lish tartibiga rioya qilish O‘zbekiston fuqarolariga iqtisodiyotning “soya sektori”ga tushib qolmaslik uchun Rossiyada qonuniy qolish va ishlash imkonini beradi.
Kolokolsevning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya vaziyatidan turli buzg‘unchi ekstremistik va terroristik kuchlar, shuningdek, do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarning tashqi razvedka xizmatlari tomonidan keng foydalanilmoqda.
Ikki davlat manfaatdor idoralari o‘rtasida axborot almashish noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshiradi, deya qo‘shimcha qildi u.