O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo bolalari o‘yinlarida oltin va bronza medallariga ega chiqishdi

© "Deti Azii"Yakutsk prinyal estafetu ognya VIII Igr "Deti Azii"
Yakutsk prinyal estafetu ognya VIII Igr Deti Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2024
Obuna bo‘lish
Sambochilar delegatsiya hisobiga 2 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘shib qo‘yishdi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik sambochilar "Osiyo bolalari" turnirini muvaffaqiyatli boshlashdi. Bu haqda O‘zbekiston sambo assosiatsiasi xabar berdi.
Rossiyaning Yakutsk shahrida "Osiyo bolalari" xalqaro musobaqasi o‘tkazilmoqda. Mazkur bahslarda o‘zbekistonlik sambochilar ham ishtirok etmoqda.
© Assotsiatsiya sambo UzbekistanaPredstavlyayushaya Uzbekistan sambistka stala pervoy chempionkoy Mejdunarodnix sportivnix igr "Deti Azii" 2024 goda.
Predstavlyayushaya Uzbekistan sambistka  stala pervoy chempionkoy Mejdunarodnix sportivnix igr Deti Azii 2024 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2024
Predstavlyayushaya Uzbekistan sambistka stala pervoy chempionkoy Mejdunarodnix sportivnix igr "Deti Azii" 2024 goda.
“Musobaqaning birinchi kuni sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Bahslarda ishtirok etgan 6 nafar sambochimizning 5 nafari medalga sazovor bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Sambochilar delegatsiya hisobiga 2 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘shib qo‘yishdi.
Sovrindorlar ro‘yxati:
Oltin: -41 kg: Vazira Nurillayeva, -53 kg: Haydarbek O‘roqboyev.
Bronza: -47 kg: Kumushbibi Ergasheva, -46 kg: Sardor Yodgorov, -64 kg: Davlatjon Kozimov.
Sambochilar bahslarda Shavkat Jo‘rayev va Zafar Allaberganov boshchiligida ishtirok etishmoqda.
Bugun Yakutsk shahrida VIII Osiyo bolalari o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Marosimning asosiy mavzusi: "Arktika olamiga sayohat". Hikoya yettita bolaning sun’iy intellekt yoki virtual dunyo bilan o‘zaro munosabatiga asoslangan. Spektakl o‘ynoqi, majoziy shaklda Arktika xalqlari afsonalaridagi motivlardan foydalangan holda oq tunlarning paydo bo‘lishi haqida qisqacha hikoya qiladi.
Ochilish marosimida 4000 kishi, jumladan, respublikaning barcha hududlaridan 1800 nafar 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 2200 nafar kattalar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

“An’anaviy musobaqalaringiz doimo yuqori tashkiliy-ijodiy saviyada o‘tkazilib, bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirish, Olimpiya harakati g‘oyalarini ommalashtirish, turli mamlakatlar xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Ishonchim komilki, o‘yinlar Yakutsk sportchilari, mehmonlari va aholisi uchun ajoyib, bayramona tadbirga aylanadi va adolatli, chiroyli raqobat shiddati, yorqin g‘alabalar va rekordlar bilan yodda qoladi”, — deyiladi Rossiya prezidentining marosim ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Yakutsk shahrida 25-iyun-7 iyul kunlari “Osiyo bolalari” VIII xalqaro sport o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ular sportning 27 ta turi bo‘yicha o‘tkaziladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi sportning 16 ta (basketbol 3x3, boks, voleybol, dzudo, kurash, yengil atletika, mas-restling, suzish, sambo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, ayollar kurashi, taekvondo WT, mini-futbol, badiiy gimnastika, shaxmat) turida qatnashadi. Sportchilarning umumiy soni 179 nafarga teng. Bu yilgi o‘yinlar dasturiga ilk bor o‘zbek kurash milliy sport turi ham kiritilgan.
Ma’lumot uchun, “Osiyo bolalari” o‘yinlari Osiyo Olimpiya kengashi tashabussi bilan har 4-yilda bir marotaba o‘tkaziladi. 2022-yil Vladivostok shahrida bo‘lib o‘tgan “Osiyo bolalari” VIII o‘yinlarida O‘zbekistondan jami 173 nafar sportchi ishtirok etgan. Ular jami 114 ta (41 ta oltin, 28 ta kumush, 45 ta bronza) medallari bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rin qo‘lga kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0