https://oz.sputniknews.uz/20240626/eoii-kokos-boj-44521100.html
YeOIIga kokos kukunlarini olib kirish boji bekor qilindi
YeOIIga kokos kukunlarini olib kirish boji bekor qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Ittifoq mamlakatlarida kokos bo‘lakchalariga bo‘lgan ehtiyoj import hisobiga to‘liq qondiriladi. Bu chora uning tannarxini pasaytirish, qandolatchilik mahsulotlari eksportini rivojlantirishga xizmat qiladi.
2024-06-26T09:00+0500
2024-06-26T09:00+0500
2024-06-26T09:00+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
bojxona boji
meva-sabzavot
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/19/44519184_0:188:2971:1859_1920x0_80_0_0_ae70d7ebb83b69f7c0ec8b58d8b86ffa.jpg
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati 2027-yilgacha quritilgan kokos yong‘og‘i uchun import bojxona to‘lovini nolga tushirdi, deb xabar berdi komissiya matbuot xizmati. Hozirgi vaqtda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yagona bojxona tarifining kokos kukunlari uchun joriy import bojxona boji stavkasi 3 foizni tashkil etadi. Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 30 kalendar kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora tannarxni kamaytirish, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan qandolat mahsulotlari eksportini rivojlantirish va uning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan. U, shuningdek, tabiiy-iqlim sharoitlari tufayli, kokos palmalari YeOII hududida o‘smasligini, shuning uchun kokos kukunlariga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq import yetkazib berish hisobiga qoplanishini eslatdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/19/44519184_121:0:2852:2048_1920x0_80_0_0_e3519563786c476674ab4f714bd5717b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kokos bo‘lakchalari ehtiyoj import eksport yeoii
kokos bo‘lakchalari ehtiyoj import eksport yeoii
YeOIIga kokos kukunlarini olib kirish boji bekor qilindi
Ittifoq mamlakatlarida kokos kukunlariga bo‘lgan ehtiyoj import hisobiga to‘liq qondiriladi. Bu chora uning tannarxini pasaytirish, qandolatchilik mahsulotlari eksportini rivojlantirishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati 2027-yilgacha quritilgan kokos yong‘og‘i uchun import bojxona to‘lovini nolga tushirdi, deb xabar berdi komissiya
matbuot xizmati. “Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati 2027-yil 31-iyulgacha bo‘lgan davrda quritilgan kokos uchun import bojxona to‘lovlarini nolga tushirishga qaror qildi”, — deyiladi xabarda.
Hozirgi vaqtda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yagona bojxona tarifining kokos kukunlari uchun joriy import bojxona boji stavkasi 3 foizni tashkil etadi.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 30 kalendar kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora tannarxni kamaytirish, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan qandolat mahsulotlari eksportini rivojlantirish va uning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
U, shuningdek, tabiiy-iqlim sharoitlari tufayli, kokos palmalari YeOII hududida o‘smasligini, shuning uchun kokos kukunlariga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq import yetkazib berish hisobiga qoplanishini eslatdi.