https://oz.sputniknews.uz/20240625/vladimir-kolokoltsev-iiv-44529329.html
Vladimir Kolokolsev IIV Jamoat xavfsizligi monitoring markaziga tashrif buyurdi
Vladimir Kolokolsev IIV Jamoat xavfsizligi monitoring markaziga tashrif buyurdi
Sputnik O‘zbekiston
Kolokolsev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, u yerdagi yodgorlik poyiga gul qo‘ydi. 25.06.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-06-25T20:03+0500
2024-06-25T20:03+0500
2024-06-25T20:21+0500
rossiya
o‘zbekiston
o‘zbekiston - rossiya
iiv
po‘lat bobojonov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/19/44528732_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_e46d1ac17a79a0deda08c85f5e6a56ef.jpg
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Rossiya ichki ishlar vaziri, politsiya generali Vladimir Kolokolsev O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hamrohligida Toshkent shahridagi IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasining Muvofiqlashtirish va monitoring markazi faoliyati bilan tanishdi.Ushbu markaz 2024-yilning mart oyida ish boshlagan. U raqamli texnologiyalardan foydalangan holda yagona axborot platformasi asosida jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.Shuningdek, markazda IIV shaxsiy tarkibi samaradorligini baholash tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, 10 mingdan ortiq profilaktika inspektorining faoliyati 6 ta yo‘nalish bo‘yicha nazoratga olingan. U yerda videoaloqa tizimidan foydalangan holda uchastka nozirlari, yo‘l-patrul-patrul xizmati xodimlari hamda shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni nazorat qiluvchi probatsiya xizmati uchun masofaviy ta’lim tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan.Rossiya IIV rahbari O‘zbekistonga bo‘lib o‘tayotgan tashrifi doirasida G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, u yerdagi yodgorlik poyiga gul qo‘ygan edi. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/19/44528732_73:0:1208:851_1920x0_80_0_0_278f216650094b6c5cd41a1595a1ab40.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, o‘zbekiston, o‘zbekiston - rossiya, iiv, po‘lat bobojonov
rossiya, o‘zbekiston, o‘zbekiston - rossiya, iiv, po‘lat bobojonov
Vladimir Kolokolsev IIV Jamoat xavfsizligi monitoring markaziga tashrif buyurdi
20:03 25.06.2024 (yangilandi: 20:21 25.06.2024) Kolokolsev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, u yerdagi yodgorlik poyiga gul qo‘ydi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Rossiya ichki ishlar vaziri, politsiya generali Vladimir Kolokolsev O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hamrohligida Toshkent shahridagi IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasining Muvofiqlashtirish va monitoring markazi faoliyati bilan tanishdi.
Ushbu markaz 2024-yilning mart oyida ish boshlagan. U raqamli texnologiyalardan foydalangan holda yagona axborot platformasi asosida jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.
Xususan, markazda vaziyatni joyida tahlil qilish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalar mavjud bo‘lib, ular ommaviy tadbirlarni simulyatsiya qilish orqali mutaxassislarga noodatiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va tezkor javob topishni o‘rgatadi.
Shuningdek, markazda IIV shaxsiy tarkibi samaradorligini baholash tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, 10 mingdan ortiq profilaktika inspektorining faoliyati 6 ta yo‘nalish bo‘yicha nazoratga olingan.
U yerda videoaloqa tizimidan foydalangan holda uchastka nozirlari, yo‘l-patrul-patrul xizmati xodimlari hamda shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni nazorat qiluvchi probatsiya xizmati uchun masofaviy ta’lim tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Rossiya IIV rahbari O‘zbekistonga bo‘lib o‘tayotgan
tashrifi doirasida G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, u yerdagi yodgorlik poyiga gul
qo‘ygan edi. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani
imzolagan edi.