O‘zbekiston tashqi savdosidagi top-5 davlat

Obuna bo‘lish
Shu yil boshidan buyon O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 26,7 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga o‘sdi.
O‘zbekiston Statistika agentligi respublikaning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan 10 ta davlat ro‘yxatini e’lon qildi.
O‘zbekiston tashqi savdo aloqalari geografiyasi dunyoning 186 ta davlatini qamrab oladi. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (18,9 foiz), Rossiya (17,9 foiz), Qozog‘iston (5,9 foiz), Turkiya (4,5 foiz) va Koreya Respublikasi (3,4 foiz) bilan qayd etilgan.
2024 yilning yanvar-may oylarida tovar ayirboshlash bo‘yicha yetakchilar:
Xitoy: eksport – 821,9, import – 4237,7;
Rossiya: eksport – 1354,3, import - 3 427,7;
Qozog‘iston: eksport – 485,5, import – 1096,1;
Turkiya: eksport – 493,7, import - 703,4;
Janubiy Koreya: eksport – 16,0, import - 904,7.
Batafsil — Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0