O‘zbekistonda keksalar va nogironlarga transportdan bepul foydalanish huquqi berilishi mumkin

© Sputnik / Aktan TemirkanovVoditel v kabine avtobusa Yutong.
Voditel v kabine avtobusa Yutong. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2024
Obuna bo‘lish
Deputatlar ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi berilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdi.
“Mazkur qonun loyihasi bilan bir qator qonunlarga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi, yolg‘iz keksa hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, xotin-qizlar va bolalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda”, — deyiladi xabarda.
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari qo‘shimcha normalar bilan to‘ldirilmoqda. Unga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida vakolatli organ etib belgilab qo‘yilmoqda.
“O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi berilmoqda”, — deya qayd etilgan xabarda.
Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga qilingan homiylik mablag‘larini soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar jumlasiga qo‘shish nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy bo‘linmalari tomonidan xotin-qizlar va bolalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar, shuningdek, oilalar manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik va ma’muriy sudlarga arizalar, shikoyatlar, da’volar kiritilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish belgilanmoqda.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Erkak hujjatlarni imzolaydi. Tasviriy surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2023
O‘zbekistonda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi — uning vazifalari qanday?
Yangiliklar lentasi
0