Makron saylovlar arafasida Ukraina masalasida kamgap bo‘lib qoldi — OAV

© AP Photo / Ludovic MarinPrezident Fransii Emmanuel Makron vo vremya vizita v Muttersxols, vostochnaya Fransiya, v sredu, 19-aprelya 2023 goda.
Prezident Fransii Emmanuel Makron vo vremya vizita v Muttersxols, vostochnaya Fransiya, v sredu, 19-aprelya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2024
Obuna bo‘lish
Fransiyada Makronning xatti-harakatlarida g‘alati holatni payqashdi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron saylovlar arafasida Ukraina haqida gapirishni bas qildi. Bu haqda RIA Novosti "Le Monde" nashriga tayanib xabar berdi.
“Parlamentning tarqatilishi natijasida yuzaga kelgan zilzila nafaqat Ukraina muammosini orqaga surdi, balki uni Yevropa saylovlari masalalaridan biriga aylantirmoqchi bo‘lgan Makronni kamgap qilib qo‘ydi”, — deyiladi nashrda.
Maqolada qayd etilishicha, saylovlarda hukmron bo‘lgan ikki blokda – “Yangi xalq fronti” va “Milliy birlashma” partiyasida Ukraina masalasi deyarli unutilgan.
Iyun oyida Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron Parij Mirage 2000-5 qiruvchi samolyotlarini Kiyevga topshirishini va yil oxirigacha ukrainalik uchuvchilarni tayyorlashni tashkil etishini aytgan edi.
Vizit prezidenta Ukraini V. Zelenskogo v SShA. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2024
Bayden Ukrainadagi mojaroda kutilmagan qadam tashladi — OAV
Yangiliklar lentasi
0