O‘zbekistonlik yunon-rum kurashi ustalari OChda 7 ta medalga ega chiqishdi

Obuna bo‘lish
Iordaniyada sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati boshlandi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik yunon-rum kurashi ustalari Osiyo chempionatida (OCh) 7 ta medalga ega chiqishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Iordaniyada sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati boshlandi. Musobaqaning ilk kunida yunon-rum kurashi ustalari bahs olib borishdi.
“Unda polvonlarimiz 3 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdilar”, — deyiladi xabarda.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal: -45 kg: Umidjon Karomov, -48 kg: Husniddin Abdukarimov, -55 kg: Sardor Xolmurzayev.
Kumush medal: -51 kg: Hojiakbar Qo‘chqorov, -60 kg: Farrux Yo‘ldoshev, -110 kg: Saidamir Ne’matov.
Bronza medal: -92 kg: Faxrikamol Komiljonov.
© NOK
V Iordanii startoval chempionat Azii U17 po sportivnoy borbe.  - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© NOK
V Iordanii startoval chempionat Azii U17 po sportivnoy borbe.  - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© NOK
V Iordanii startoval chempionat Azii U17 po sportivnoy borbe.  - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© NOK
V Iordanii startoval chempionat Azii U17 po sportivnoy borbe.  - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Yangiliklar lentasi
0