https://oz.sputniknews.uz/20240624/shimoliy-orol-44496550.html
Shimoliy Orolga suv kelishi qariyb o‘n baravarga ko‘paydi
Shimoliy Orolga suv kelishi qariyb o‘n baravarga ko‘paydi
Sputnik O‘zbekiston
Orol dengiziga suv kelishi yil davomida qariyb o‘n baravar oshdi. 24.06.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-06-24T13:19+0500
2024-06-24T13:19+0500
2024-06-24T13:19+0500
jamiyat
qozog‘iston
o‘zbekiston
orol dengizi
suv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/41/03/410312_0:152:3103:1897_1920x0_80_0_0_defdacc062a850faabc8372c063e0ff9.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Shu yil boshidan buyon Shimoliy Orol dengiziga 1,1 milliard kub metr suv kelib tushdi. Bu haqda Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi ma’lum qildi, deb yozmoqda Sputnik Qozog‘iston. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasining 86-yig‘ilishida tomonlar irrigatsiya mavsumida Shimoliy Orol dengiziga 997 million kub metr suv quyilishi, suv oqimi esa soniyasiga kamida 30 kub metrni tashkil etishi haqida kelishib olishgan, deya eslatdi vazirlik. Avvalroq Qozog‘istonda Shimoliy Orol dengizini janubdan ajratib turgan Ko‘karal to‘g‘oni qurilishi yakunlangan. To‘g‘on Shimoliy Orol dengizi suv sathini ko‘tarish imkonini berdi. To‘g‘on foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab bugungi kunga qadar Sirdaryodan Shimoliy Orol dengiziga 46,6 milliard kub metr suv quyilgan. Vazirlik shuningdek, Sirdaryo oqimining 75 foizi Qirg‘iziston, 20 foizi O‘zbekiston va 5 foizi Qozog‘istonga to‘g‘ri kelishini eslatib o‘tdi.
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/41/03/410312_185:0:2916:2048_1920x0_80_0_0_538a617dada9550639b0dc27c546e1f4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qozog‘iston, o‘zbekiston, orol dengizi, suv
jamiyat, qozog‘iston, o‘zbekiston, orol dengizi, suv
Shimoliy Orolga suv kelishi qariyb o‘n baravarga ko‘paydi
Orol dengiziga suv kelishi yil davomida qariyb o‘n baravar oshdi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Shu yil boshidan buyon Shimoliy Orol dengiziga 1,1 milliard kub metr suv kelib tushdi. Bu haqda Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi ma’lum qildi, deb yozmoqda
Sputnik Qozog‘iston. “Bugungi kunda Shimoliy Oroldagi suv hajmi 21,4 milliard kub metrni tashkil etadi”, — deyiladi xabarda.
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasining 86-yig‘ilishida tomonlar irrigatsiya mavsumida Shimoliy Orol dengiziga 997 million kub metr suv quyilishi, suv oqimi esa soniyasiga kamida 30 kub metrni tashkil etishi haqida kelishib olishgan, deya eslatdi vazirlik.
“Hozir sekundiga 50 kub metr suv dengizga tushmoqda, bundan bir yil oldin suv oqimi soniyasiga 6 kub metrni tashkil etgan”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Qozog‘istonda Shimoliy Orol dengizini janubdan ajratib turgan Ko‘karal to‘g‘oni qurilishi yakunlangan. To‘g‘on Shimoliy Orol dengizi suv sathini ko‘tarish imkonini berdi. To‘g‘on foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab bugungi kunga qadar Sirdaryodan Shimoliy Orol dengiziga 46,6 milliard kub metr suv quyilgan.
“Oxirgi 7-yil ichida dengizga 13,3 milliard kub metr suv tushdi. So‘nggi yillarda Shimoliy Orolda suv hajmi kamayib borayotgan bo‘lsa, 2024-yil boshidan buyon yana o‘sishni boshladi va bugungi kunda 21,4 milliard kub metrga yetdi”, — dedi vazirlik rasmiy vakili Moldir Abdualiyeva.
Vazirlik shuningdek, Sirdaryo oqimining 75 foizi Qirg‘iziston, 20 foizi O‘zbekiston va 5 foizi Qozog‘istonga to‘g‘ri kelishini eslatib o‘tdi.