https://oz.sputniknews.uz/20240624/mirziyoev-mongolia-ishbilarmon-sharoit-yaratish-44506904.html
Mirziyoyev mo‘g‘ulistonlik ishbilarmonlarga qulay sharoit yaratishga tayyor ekanini aytdi
Mirziyoyev mo‘g‘ulistonlik ishbilarmonlarga qulay sharoit yaratishga tayyor ekanini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
2024-06-24T19:39+0500
2024-06-24T19:39+0500
2024-06-24T19:39+0500
siyosat
o‘zbekiston
mo‘g‘uliston
shavkat mirziyoyev
tadbirkor
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/18/44507325_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_32428e2798d962dccfe9eb8bcf559582.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev mo‘g‘ulistonlik ishbilarmonlarga O‘zbekistonda qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Qayd etilishicha, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan bunday formatdagi uchrashuv Mo‘g‘uliston bilan ilk bor o‘tkazildi. Ta’kidlanishicha, tez fursatda Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonda savdo uylarini ochish va ikki mamlakat poytaxtlarida sanoat ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim va bozorlarga kirishni yengillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashga kelishib olindi. Aytilishicha, yangi tashabbuslarni ishlab chiqish uchun yaqinda Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi. O‘z navbatida, Mo‘g‘uliston prezidenti biznes vakillarini faol hamkorlikka va yangi loyihalar bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishishga chaqirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20240624/uzbekistan-mongolia-hamkorlik-hujjatlar-44504321.html
o‘zbekiston
mo‘g‘uliston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/18/44507325_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_83f0bac94362cd955ee6aba742b647c1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev mo‘g‘uliston prezidenti uxnaagiyn xurelsux ishbilarmon doiralari vakillari
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev mo‘g‘uliston prezidenti uxnaagiyn xurelsux ishbilarmon doiralari vakillari
Mirziyoyev mo‘g‘ulistonlik ishbilarmonlarga qulay sharoit yaratishga tayyor ekanini aytdi
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev mo‘g‘ulistonlik ishbilarmonlarga O‘zbekistonda qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Qayd etilishicha, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan bunday formatdagi uchrashuv Mo‘g‘uliston bilan ilk bor o‘tkazildi.
“Biz mavjud salohiyat va imkoniyatlardan deyarli foydalanmayotganimizni ta’kidladik. Shu munosabat bilan yaqin yillarda o‘zaro savdoni, eng avvalo, xaridorgir mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini kengaytirish orqali karrasiga oshirish vazifasini qo‘ydik”, – dedi O‘zbekiston prezidenti.
Ta’kidlanishicha, tez fursatda Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonda savdo uylarini ochish va ikki mamlakat poytaxtlarida sanoat ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim va bozorlarga kirishni yengillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashga kelishib olindi.
Aytilishicha, yangi tashabbuslarni ishlab chiqish uchun yaqinda Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev mo‘g‘ulistonlik ishbilarmonlarga yurtimizda ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyor ekanini aytdi”, – deb yozadi matbuot xizmati.
O‘z navbatida, Mo‘g‘uliston prezidenti biznes vakillarini faol hamkorlikka va yangi loyihalar bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishishga chaqirdi.