Malayziya O‘zbekiston bilan kimyo sanoati va "yashil" energiya sohasida hamkorlik qilmoqchi

© Ministerstvo energetiki respubliki UzbekistanV Navoiyskoy oblasti stroitsya krupnaya vetroelektrostansiya.
V Navoiyskoy oblasti stroitsya krupnaya vetroelektrostansiya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2024
Obuna bo‘lish
Malayziya kompaniyasi qayta tiklanuvchi energiya hamda telekommunikatsiya sohalaridagi loyihalarga xususiy sherik sifatida sarmoya kiritish takliflarini ko‘rib chiqadi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Hextar Global" kompaniyasi rahbari Ervan bin Taxir bilan uchrashdi, deb yozmoqda "Dunyo" AA.
Muloqot davomida "Hextar Group" kompaniyalar guruhi va "Hextar Global" kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikni qilish masalalari muhokama qilindi.
Malayziya vakiliga O‘zbekistonda investorlar uchun qulay biznes muhiti shakllanganligi, soliq va bojxona to‘lovlari hamda "yagona darcha" tizimi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Malayziya tomoniga O‘zbekistonning turli hududlarida kimyo sanoati sohasida istiqbolli investitsiya loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish takliflari o‘rganib chiqish uchun taqdim etildi.
“Ervan Taxir, o‘z navbatida, O‘zbekistonda davlat xususiy sherikchilik asosida loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, jumladan gidroelektr va shamol elektr stansiyalari kabi qayta tiklanuvchi energiya hamda telekommunikatsiya sohalaridagi loyihalarga xususiy sherik sifatida sarmoya kiritish takliflarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda "Hextar Group" kompaniyalar guruhi tomonidan "O‘zkimosanoat" AJ bilan kimyo sanoati hamda Energetika vazirligi bilan "yashil energiya" sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish va kompaniya vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishildi.
Yangiliklar lentasi
0