https://oz.sputniknews.uz/20240623/tramp-ukraine-mojaro-hal-qilish-muddat-44481816.html
Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilish muddatini aytdi
Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilish muddatini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Tramp inauguratsiyadan oldin Ukraina mojarosiga barham berishga va’da berdi.
2024-06-23T11:25+0500
2024-06-23T11:25+0500
2024-06-23T11:25+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
ukraina
rossiya
donald tramp
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/04/37591465_0:320:3071:2047_1920x0_80_0_0_e4f44810f328ef638f2cce665c8913ef.jpg
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Filadelfiyada bo‘lib o‘tgan mitingda agar saylovda g‘alaba qozonsa, inauguratsiyadan oldin ham Ukrainadagi mojaroga chek qo‘yishini aytdi. Uning nutqi Times Now portalida efirga uzatildi, deb yozmoqda RIA Novosti.Tramp avvalroq saylovda g‘alaba qozonsa, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatni atigi 24 soat ichida hal qila olishini bir necha bor aytgan edi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu so‘zlarni izohlar ekan, muammo bunday oddiy yechim uchun juda murakkab ekanligini ta’kidladi.O‘tgan yili Vladimir Putinning o‘zi Trampning “bir necha kun ichida dolzarb muammolarni, jumladan, Ukraina inqirozini hal qilishga” tayyorligini ijobiy baholagan edi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “bu bizni xursand qilmay qolmaydi, bu yaxshi”. Shu bilan birga, u AQShdagi saylovlarning har qanday natijasi AQSh-Rossiya munosabatlariga ta’sir etishiga shubha bildirdi.AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabrga belgilangan. Trampning asosiy raqibi hozirgi davlat rahbari Jo Bayden bo‘ladi. Prezident inauguratsiyasi marosimi 2025-yil 20-yanvarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/04/37591465_686:331:2974:2047_1920x0_80_0_0_32d84df064bbfb9f099be751cfb66ebd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
donald tramp ukrainadagi mojaro
donald tramp ukrainadagi mojaro
Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilish muddatini aytdi
Tramp inauguratsiyadan oldin Ukraina mojarosiga barham berishga va’da berdi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Filadelfiyada bo‘lib o‘tgan mitingda agar saylovda g‘alaba qozonsa, inauguratsiyadan oldin ham Ukrainadagi mojaroga chek qo‘yishini aytdi. Uning nutqi Times Now portalida efirga uzatildi, deb yozmoqda
RIA Novosti. "Oval kabinetga kirib, prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishimizdan oldin ham, men Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bu dahshatli mojaroga chek qo‘yaman", — deb va’da berdi siyosatchi.
Tramp avvalroq saylovda g‘alaba qozonsa, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatni atigi 24 soat ichida hal qila olishini bir necha bor aytgan edi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu so‘zlarni izohlar ekan, muammo bunday oddiy yechim uchun juda murakkab ekanligini ta’kidladi.
O‘tgan yili Vladimir Putinning o‘zi Trampning “bir necha kun ichida dolzarb muammolarni, jumladan, Ukraina inqirozini hal qilishga” tayyorligini ijobiy baholagan edi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “bu bizni xursand qilmay qolmaydi, bu yaxshi”. Shu bilan birga, u AQShdagi saylovlarning har qanday natijasi AQSh-Rossiya munosabatlariga ta’sir etishiga shubha bildirdi.
AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabrga belgilangan. Trampning asosiy raqibi hozirgi davlat rahbari Jo Bayden bo‘ladi. Prezident inauguratsiyasi marosimi 2025-yil 20-yanvarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.