Toshkentda har yili o‘tkaziladigan xotira tadbiri qanday o‘tdi?

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ishtirokchilar sham yoqqan holatda "Ulug‘ Vatan" urushi qurbonlarini yod olishdi.
Toshkentda har yili o‘tkaziladigan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir "Ulug‘ Vatan" urushi boshlangan fojiali sanaga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar sham yoqqan holatda "Ulug‘ Vatan" urushi qurbonlarini yod olishdi.
Tadbir an’anaga ko‘ra Ulug‘ Vatan urushi boshlangan kun, Xotira kunida bo‘lib o‘tdi. Bu urush ko‘plab xalqlar uchun eng dahshatli va og‘ir sinov bo‘ldi.
Toshkentliklar hamda “Rossotrudnichestvo” vakillari “Toshkent xotirasida” yozuvi, shuningdek, Mangu alanga va Noma’lum askar tasvirlari tushirilgan 6 ming shamdan iborat kompozitsiya qo‘yishdi.
Shu kuni Toshkentdagi “Birodarlik qabristoni” yodgorlik majmuasida Ulug‘ Vatan urushi boshlangan kunga bag‘ishlangan gul qo‘yish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0