Mirziyoyev muhandislik sohasini rivojlantirish uchun yangi tashabbuslarni ma’lum qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalsya dialog po voprosam razvitiya injenernoy nauki i obrazovaniya
Sostoyalsya dialog po voprosam razvitiya injenernoy nauki i obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2024
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari sohadagi muammolarga ham to‘xtalib o‘tdi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-iyun kuni muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishga texnika yo‘nalishidagi muassasalar rektorlari ham taklif qilindi. Davlat rahbari sohadagi muammolarga to‘xtalib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda texnika yo‘nalishidagi 36 ta davlat oliygohida yiliga 67 ming bitiruvchi chiqadi. Ammo ulardagi dastur va mutaxassisliklar ishlab chiqaruvchilar talabiga mos emas. Oqibatda muhandislarning 60 foizi o‘zi o‘qigan yo‘nalishda ishlamayapti. Oliy ta’lim muassasalari fundamental tadqiqotlar o‘tkazish bilan cheklangan, iqtisodiyot uchun amaliy ishlanmalar juda kam. Muhandislik yo‘nalishida yuzlab startap va innovatsion loyihalar “qog‘oz”da qolib ketayapti.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalsya dialog po voprosam razvitiya injenernoy nauki i obrazovaniya
Sostoyalsya dialog po voprosam razvitiya injenernoy nauki i obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2024
Sostoyalsya dialog po voprosam razvitiya injenernoy nauki i obrazovaniya
Prezident sohani rivojlantirish uchun yangi tashabbuslarni ma’lum qildi:
Endi texnika yo‘nalishida o‘qitish va ilmiy-tadqiqot jarayonlari ilg‘or tajriba asosida to‘liq o‘zgaradi. 36 ta oliy o‘quv yurti va ularning filiallari bosqichma-bosqich yiriklashib, jami 20 ta oliygoh qoladi. Ular dual ta’lim tizimiga to‘liq o‘tadi.
Mehnat bozorida talab yo‘q mutaxassisliklar qisqaradi. Ayrim kafedralar birlashtiriladi. Dekanatlarning talabalarga xizmat ko‘rsatish funksiyalari to‘liq raqamlashadi. Xorijdagi kabi “Registrator ofisi” tashkil qilinadi.
Har bir oliygoh Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi rivojlangan hamkor davlatlarning nufuzli texnika universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
“Tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida, har bir oliygohga sanoat hamkori belgilab beriladi.
Barcha muhandislik oliygohlari hamkor korxonalarida kafedralar ochadi va dual ta’limni yo‘lga qo‘yadi. Bunda, korxonalar kafedralarni jihozlash, o‘qituvchi va talabalarni rag‘batlantirishga mablag‘ ajratadi. Talabalarning amaliyoti va bitiruv kursdagi ta’limi to‘liq hamkor korxonalarda tashkil qilinadi.
Vazirlik va korxonalar tizimida 32 ta tarmoq kengashlari tashkil qilinadi. Ular institutlar bilan texnika sohalaridagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi va buyurtmachi bo‘ladi.
Shuningdek, birinchi bosqichda 10 ta oliygohda “Oliy muhandislik maktablari” ochiladi. Ularda ikki yillik amaliy magistratura dasturlari yo‘lga qo‘yilib, ishlab chiqaruvchilar buyurtmasi asosida nomzodlar saralab olinadi. Korxonalar “Oliy muhandislik maktabi”da laboratoriya ochish va jihozlashni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi. Davlat ham budjetdan mablag‘ ajratadi.
Endi oliy ta’lim muassasalarining tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanadi. Ularga IT-park rezidentlariga qo‘llanilayotgan imtiyozlar beriladi. Sho‘’ba korxonasi ishchisining kamida 60 foizi doktorant va talabalardan iborat bo‘ladi.
Kelasi yildan texnika yo‘nalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi. Korxonaga oliygoh bilan hamkor tashkilot ham ta’sischi bo‘lishiga ruxsat beriladi.
Viloyat hokimlari va tarmoq rahbari ilmiy va ishlab chiqarish loyihalari uchun oliygohlarga 10 milliard so‘mgacha buyurtmani to‘g‘ridan-to‘g‘ri berishi mumkin bo‘ladi.
Investitsiya loyihalari qiymatining kamida yarim foizini ilmiy ishlarga ajratish tizimi joriy qilinadi.
Muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “eng yaxshi g‘oya”, “eng yaxshi loyiha” va “eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Unda o‘qituvchilar, talabalar va amaliyotchi muhandislar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Birinchi o‘ringa elektromobil beriladi.
Shuningdek, g‘oya, loyiha va ixtiro muallifi bo‘lgan eng zo‘r 10 nafar ishtirokchi Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi.
Yig‘ilish ochiq muloqot tarzida davom etdi. Tarmoq rahbarlari, olimlar, rektorlar va muhandislar sohada ilm-fan va ta’limni rivojlantirish bo‘yicha fikrlarini aytdi. Ularning takliflari asosida alohida farmon loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalsya dialog po voprosam razvitiya injenernoy nauki i obrazovaniya
Sostoyalsya dialog po voprosam razvitiya injenernoy nauki i obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2024
Sostoyalsya dialog po voprosam razvitiya injenernoy nauki i obrazovaniya
“Iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish uchun bizga yuqori malakali muhandis-texnologlar suv bilan havodek zarur. Har bir vazir, tarmoq rahbari, rektor va professor-o‘qituvchi mas’uliyatni chuqur his qilib, qattiq ishlasa, izlansa, bunga albatta erishamiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalsya dialog po voprosam razvitiya injenernoy nauki i obrazovaniya
Sostoyalsya dialog po voprosam razvitiya injenernoy nauki i obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2024
Sostoyalsya dialog po voprosam razvitiya injenernoy nauki i obrazovaniya
Yangiliklar lentasi
0