Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII fuqarolari omonatlari Rossiya banklarida qanday kafolatlanadi?

© Sputnik / Natalya SeliverstovaASV
ASV - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2024
Obuna bo‘lish
Kompensatsiya maksimal miqdori — har bir omonatchi uchun 1,4 million rublni tashkil qiladi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Agar Rossiya bankining litsenziyasi bekor qilinsa, ushbu bankda hisob raqami yoki depoziti bo‘lgan YeOII fuqarolari sug‘urta to‘lovi olishlari mumkin bo‘ladi.

Rossiya banklaridagi omonatlar "Omonatlarni sug‘urtalash agentligi" (ASV) davlat korporatsiyasi tomonidan kafolatlanadi.
️Kompensatsiya maksimal miqdori — har bir omonatchi uchun 1,4 million rublni tashkil qiladi.
Ba’zi hollarda - 10 million rubl — ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish yoki umumiy qurilishda ishtirok etish uchun ochilgan maxsus "eskrou hisob raqamlari uchun.
Sug‘urta tovon puli Rossiya rublida to‘lanadi. Agar omonat chet el valyutasida ochilgan bo‘lsa — sug‘urta Rossiya bankining kursi bo‘yicha hisoblanadi.
Arizalarni ASV sayti yoki Davlat xizmatlari portalidan (“Gosuslugi”) orqali elektron shaklda yuborish mumkin.
Mablag‘lar arizada ko‘rsatilgan bank rekvizitlari yoki MIR kartaciga ariza topshirilgan kundan boshlab 3 ish kunidan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Agar investor Rossiyadan tashqarida joylashgan bo‘lsa va elektron shaklda to‘lov uchun ariza topshira olmasa, uni shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasini ilova qilgan holda IIVga pochta orqali yuborishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0