Redaksionniy sentr Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Rossiya va O‘zbekistonning sanitar-epidemiologik osoyishtalik sohasidagi loyihalari — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rossiya va O‘zbekiston orasida sanitar-epidemiologik osoyishtalik sohasida qanday loyihalar amalga oshirilmoqda ? Bu savolga Sputnik matbuot markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda respublika Sanepidqo‘m raisi o‘rinbosari Nurmat Otabekov javob berdi.
Rossiya va O‘zbekiston orasida sanitar-epidemiologik osoyishtalik sohasida beshta loyiha amalga oshirilmoqda. Ularning biri — xalqaro mediko-sanitar normalarni, ikkinchisi — O‘zbekiston hududida joylashgan tabiiy vabo o‘choqlarini o‘rganishga qaratilgan. Uchinchisi — 3-4 xavf guruhiga kiruvchi mikroorganizmlarning antibiotiklarga qarshi turish xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan.
Yana ikkita loyiha respublikada OITS bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish uchun.

“O‘zbekiston yopiq mamlakat emas; bugungi hududdagi qo‘shnilar bilan iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar ildam rivojlanib borayotgan vaziyatda aholining sanitar-epidemiologik xavfsizligini saqlab qolish juda muhim ahamiyatga ega”, — dedi Otabekov.

Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0