https://oz.sputniknews.uz/20240619/vatan-tayanchi-jamoa-uzbekistan-kazakhstan-aybin2024-44425767.html
O‘zbekistonning “Vatan tayanchi” jamoasi Qozog‘istondagi “Aybin—2024” yig‘inida ishtirok etmoqda
O‘zbekistonning “Vatan tayanchi” jamoasi Qozog‘istondagi “Aybin—2024” yig‘inida ishtirok etmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Olmaotada “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlar yig‘inining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2024-06-19T09:45+0500
2024-06-19T09:45+0500
2024-06-19T10:39+0500
sport
o‘zbekiston
qozog‘iston
harbiylar
mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/13/44425134_185:246:1264:853_1920x0_80_0_0_1b8d5699a276697ef1eda6a4c1a32f26.jpg
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Qozog‘istonda “Aybin—2024” harbiy-vatanparvarlik yig‘ini boshlandi, deya xabar berdi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi. Olmaotadagi Quruqlikdagi qo‘shinlar harbiy institutida “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlar yig‘inining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Harbiy-vatanparvarlik yig‘ini Sovet Ittifoqi Qahramoni, “1-sonli Xaliq qaһarmani”, mustaqil Qozog‘istonning birinchi mudofaa vaziri, armiya generali Sagadat Nurmagambetov tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlandi. Mazkur xalqaro yig‘inda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoasi ham ishtirok etmoqda. Bir hafta davom etadigan bellashuvlarda jamoa Rossiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Belarus hamda mezbon davlatning 42 ta jamoalari bilan bellashadi. Ishtirokchilar 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lib, ularning soni jami 750 nafar.Qayd etilishicha, harbiy texnika, jihozlar, sport jihozlari ko‘rgazmasi, to‘garaklar faoliyatiga oid stendlar – bularning barchasini Quruqlikdagi qo‘shinlar harbiy instituti qoshidagi “Ali” o‘quv markazida 18-22 iyun kunlari ko‘rish mumkin. Konsertlar, ma’ruzalar, sport o‘yinlari, gulxan atrofida kechalar, xalq qahramoni haqidagi filmlar namoyishi ham rejalashtirilgan.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/13/44425134_250:121:1226:853_1920x0_80_0_0_c9e229c6d514e163dffbd8d896f21306.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
olmaota “aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlar yig‘ini
olmaota “aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlar yig‘ini
O‘zbekistonning “Vatan tayanchi” jamoasi Qozog‘istondagi “Aybin—2024” yig‘inida ishtirok etmoqda
09:45 19.06.2024 (yangilandi: 10:39 19.06.2024) Olmaotada “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlar yig‘inining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Qozog‘istonda “Aybin—2024” harbiy-vatanparvarlik yig‘ini boshlandi, deya xabar berdi O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi. Olmaotadagi Quruqlikdagi qo‘shinlar harbiy institutida “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlar yig‘inining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Harbiy-vatanparvarlik yig‘ini Sovet Ittifoqi Qahramoni, “1-sonli Xaliq qaһarmani”, mustaqil Qozog‘istonning birinchi mudofaa vaziri, armiya generali Sagadat Nurmagambetov tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlandi.
Mazkur xalqaro yig‘inda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Bir hafta davom etadigan bellashuvlarda jamoa Rossiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Belarus hamda mezbon davlatning 42 ta jamoalari bilan bellashadi. Ishtirokchilar 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lib, ularning soni jami 750 nafar.
Qayd etilishicha, harbiy texnika, jihozlar, sport jihozlari ko‘rgazmasi, to‘garaklar faoliyatiga oid stendlar – bularning barchasini Quruqlikdagi qo‘shinlar harbiy instituti qoshidagi “Ali” o‘quv markazida 18-22 iyun kunlari ko‘rish mumkin. Konsertlar, ma’ruzalar, sport o‘yinlari, gulxan atrofida kechalar, xalq qahramoni haqidagi filmlar namoyishi ham rejalashtirilgan.