https://oz.sputniknews.uz/20240619/uzbekistan-china-aeronavigatsiya-hamkorlik-44430444.html
O‘zbekiston Xitoy bilan aeronavigatsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi
O‘zbekiston Xitoy bilan aeronavigatsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasi C5+1 konferensiyasi doirasida xitoylik hamkasblari bilan aeronavigatsiya sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi
2024-06-19T14:23+0500
2024-06-19T14:23+0500
2024-06-19T14:23+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
transport vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/13/44430110_0:121:1280:841_1920x0_80_0_0_1c911bbc3fea3103bd2bb8354ee392cb.jpg
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi C5+1 konferensiyasi doirasida xitoylik hamkasblari bilan aeronavigatsiya sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi, deya xabar berdi Transport vazirligi. Sian shahrida O‘zbekiston delegatsiyasining Markaziy Osiyo va Xitoy fuqaro aviatsiyasi ishchi guruhlarining (C5+1) o‘zaro hamkorligi bo‘yicha konferensiyaga tashrifi doirasida "O‘zaeronavigatsiya" Markazi DUK va Xitoy havodagi harakatni boshqarish burosi (ATMB) o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Aytilishicha, Xitoy delegatsiyasi taqdim etilgan takliflarni mamnuniyat bilan qabul qildi. O‘z navbatida tashkilotlar o‘rtasida nafaqat ko‘rib chiqilayotgan masalalar, balki muhandislik, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha ham yaqin hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu masalalar bo‘yicha ekspertlar darajasida muvofiqlashtirishni davom ettirishga kelishib olishdi. Ma’lumot uchun, Havo harakatini boshqarish burosi (ATMB) — havo harakatini boshqarish xizmatlarini, shuningdek, Xitoy havo hududidagi barcha fuqarolik reyslari uchun aloqa, navigatsiya, kuzatuv (CNS), aviatsiya meteorologiyasi va aeronavigatsiya ma’lumotlarini taqdim etadi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/13/44430110_0:1:1280:961_1920x0_80_0_0_39620e20631ce99340450c8e3f0b630b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston c5+1 konferensiya xitoy aeronavigatsiya hamkorlik
o‘zbekiston c5+1 konferensiya xitoy aeronavigatsiya hamkorlik
O‘zbekiston Xitoy bilan aeronavigatsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi
Xitoy O‘zbekiston ilgari surgan takliflarni qabul qildi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi C5+1 konferensiyasi doirasida xitoylik hamkasblari bilan aeronavigatsiya sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Sian shahrida O‘zbekiston delegatsiyasining Markaziy Osiyo va Xitoy fuqaro aviatsiyasi ishchi guruhlarining (C5+1) o‘zaro hamkorligi bo‘yicha konferensiyaga tashrifi doirasida "O‘zaeronavigatsiya" Markazi DUK va Xitoy havodagi harakatni boshqarish burosi (ATMB) o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Muzokaralar davomida O‘zbekiston aeronavigatsiya xizmatlari provayderi tomonidan, havodagi harakat marshrutlari tarmog‘ini xalqaro "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusi asnosida maqbullashtirish sohasidagi hamkorlikni ro‘yobga chiqarish, xodimlarni tayyorlash masalalari yuzasidan o‘zaro hamjihatlikda ish yuritish, hamda havodagi harakatni boshqarish, parvozlarni radiotexnika jihatidan ta’minlash va parvozlar xavfsizligini boshqarish sohalarida o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha bir qator takliflar ilgari surildi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, Xitoy delegatsiyasi taqdim etilgan takliflarni mamnuniyat bilan qabul qildi. O‘z navbatida tashkilotlar o‘rtasida nafaqat ko‘rib chiqilayotgan masalalar, balki muhandislik, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha ham yaqin hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu masalalar bo‘yicha ekspertlar darajasida muvofiqlashtirishni davom ettirishga kelishib olishdi.
Ma’lumot uchun, Havo harakatini boshqarish burosi (ATMB) — havo harakatini boshqarish xizmatlarini, shuningdek, Xitoy havo hududidagi barcha fuqarolik reyslari uchun aloqa, navigatsiya, kuzatuv (CNS), aviatsiya meteorologiyasi va aeronavigatsiya ma’lumotlarini taqdim etadi.