Ukrainalik harbiy NATO mashg‘ulotlari haqidagi haqiqatni oshkor qildi

© AFP 2023 / Dimitar DilkoffUkrainskiy voyenniy na linii fronta, arxivnoe foto
Ukrainskiy voyenniy na linii fronta, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2024
Obuna bo‘lish
Harbiy asir: Ukraina Qurolli kuchlarining NATO mamlakatlarida o‘tkazilgan mashg‘ulotlari samarasiz bo‘lib chiqdi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. G‘arb tayyorgarligi maxsus harbiy operatsiya zonasidagi jangovar harakatlar haqiqatiga yomon yordam bermoqda, NATO ishlanmalari bunday jadallikdagi mojaro uchun mo‘ljallanmagan. Bu haqda o‘tgan yili Zaporojye yo‘nalishida qo‘lga olingan ukrainalik harbiy RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Bizni samolyotga ortishib, Angliyaga jo‘natishdi. Keyin bizni uzoq vaqt yuk mashinasida harbiy bazaga olib ketishdi. U yerda bizga asosan taktik tibbiyot va psixologiyani o‘rgatishdi. O‘q otish maydonida faqat bir marta otdik. Yana ikki norvegiyalik bizga xandaqdagi hujum operatsiyalarini o‘rgatdi. Ammo bu kurs bor-yo‘g‘i uch kun davom etdi”, — dedi u.
Keyin harbiylar Ukrainaga qaytarib yuborildi. Ular jami uch hafta davomida chet elda malaka oshirishdi.
"Ishonch bilan ayta olamanki, ular bizga u yerda hech qachon foydali narsalarni o‘rgatmadi", — dedi u.
Avvalroq NATO mudofaa vazirlari Ukraina harbiylarini tayyorlashni tezlashtirish rejasini ma’qullagan edi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari miqdoriy va sifat jihatidan Rossiya armiyasidan ancha kam.
Istrebitel-bombardirovshik Su-34 vipolnyayet demonstratsionniy polet v ramkax Mejdunarodnogo foruma Armiya-2020  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2024
UQK va NATO taqdirini osmon hal qiladi
Yangiliklar lentasi
0