https://oz.sputniknews.uz/20240619/saudiya-arabistoni-haj-44431681.html
Saudiya Arabistonida Haj safarida 550 ziyoratchi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistonida Haj safarida 550 ziyoratchi halok bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki arab diplomatining aytishicha, halok bo‘lganlarning kamida 323 nafari Misr fuqarolari. 19.06.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-06-19T16:04+0500
2024-06-19T16:04+0500
2024-06-19T16:04+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
haj
makka
saudiya arabistoni
misr
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Saudiya Arabistonida Haj ziyorati vaqtida jazirama tufayli 500 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi, xabar berdi AFP nashri diplomatlar ma’lumotiga tayanib.“Makkaning Al-Muaysema tumani o‘likxonasida jami qurbonlar soni <...> 550 kishini tashkil etdi”, – dedi agentlik suhbatdoshlari.Avvalroq 76 nafar – 41 nafari Iordaniyadan, 35 nafari Tunisdan bo‘lgan ziyoratchining o‘limi haqida xabar berilgandi.Ikki arab diplomatining aytishicha, halok bo‘lganlarning kamida 323 nafari Misr fuqarolari bo‘lgan. Manbalardan birining aytishicha, ularning barchasi (tiqilinch paytida halok bo‘lgan bir kishidan tashqari) issiqlik bilan bog‘liq xastaliklardan vafot etgan. Bundan tashqari, kamida 60 nafar iordaniyaliklar halok bo‘lgan.Shu tariqa, bir qancha davlatlar tomonidan ma’lum qilingan o‘limlarning umumiy soni 577 taga yetdi. AFP nashri xabar berishiga ko‘ra, misrliklar o‘limining ortishi ro‘yxatdan o‘tmagan ziyoratchilar sonining ko‘pligi sababli bo‘lgan.“Ro‘yxatga olinmagan ziyoratchilar Misr ziyoratchilari lagerlarida katta tartibsizliklarni keltirib chiqardi, bu esa tartib buzilishiga olib keldi”, – dedi Misrdagi Haj missiyasini nazorat qiluvchi vakil. Uning qo‘shimcha qilishicha, odamlar uzoq vaqt davomida oziq-ovqat, suv va konditsionersiz qolgan.Bu yil Haj ziyorati 14-19 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda. “AccuWeather” ob-havo monitoringi sayti ma’lumotlariga ko‘ra, 17-iyun kuni Makkada havo harorati 45 darajaga yetgan. Saudiya Arabistoni meteorologiya xizmati esa o‘sha kuni shahardagi eng katta masjidda +52 darajani qayd etgan. Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 16-iyun kuni 2764 ziyoratchi issiq urishidan jabr ko‘rdi.Vazirlik rahbari Fahd al Jalajel ziyoratchilarni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslikka, quyoshda yurmaslikka, soyabondan foydalanishga va ko‘proq suyuqlik ichishga chaqirdi.O‘tgan yili Haj vaqtida jazirama tufayli 240 kishi halok bo‘lgan, 10 mingdan ortiq kishi sog‘lig‘i bilan muammolarga duch kelgan.Yevropaning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xizmati “Copernicus” ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan may oyi rekord darajadagi eng issiq bo‘lgan. Iqlim o‘zgarishi Fors ko‘rfazi mamlakatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Haroratning maksimal ko‘rsatkichlaridan tashqari, mintaqada bahorda rekord miqdordagi yog‘ingarchilik qayd etildi.Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon o‘tgan hafta Italiyada bo‘lib o‘tgan G7 yig‘ilishiga butun dunyodan 1,5 milliondan ortiq musulmonning Hajga kelishi bilan bog‘liq mas’uliyat tufayli tashrif buyura olmadi.
https://oz.sputniknews.uz/20240616/haj-2024-kaba-tavof-ziyoratchilar-44397228.html
saudiya arabistoni
misr
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, haj, makka, saudiya arabistoni, misr
dunyo yangiliklari, dunyoda, haj, makka, saudiya arabistoni, misr
Saudiya Arabistonida Haj safarida 550 ziyoratchi halok bo‘ldi
Ikki arab diplomatining aytishicha, halok bo‘lganlarning kamida 323 nafari Misr fuqarolari.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Saudiya Arabistonida Haj ziyorati vaqtida jazirama tufayli 500 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi, xabar berdi AFP nashri diplomatlar ma’lumotiga tayanib.
“Makkaning Al-Muaysema tumani o‘likxonasida jami qurbonlar soni <...> 550 kishini tashkil etdi”, – dedi agentlik suhbatdoshlari.
Avvalroq 76 nafar – 41 nafari Iordaniyadan, 35 nafari Tunisdan bo‘lgan ziyoratchining o‘limi haqida xabar berilgandi.
Ikki arab diplomatining aytishicha, halok bo‘lganlarning kamida 323 nafari Misr fuqarolari bo‘lgan. Manbalardan birining aytishicha, ularning barchasi (tiqilinch paytida halok bo‘lgan bir kishidan tashqari) issiqlik bilan bog‘liq xastaliklardan vafot etgan. Bundan tashqari, kamida 60 nafar iordaniyaliklar halok bo‘lgan.
Shu tariqa, bir qancha davlatlar tomonidan ma’lum qilingan o‘limlarning umumiy soni 577 taga yetdi. AFP nashri xabar berishiga ko‘ra, misrliklar o‘limining ortishi ro‘yxatdan o‘tmagan ziyoratchilar sonining ko‘pligi sababli bo‘lgan.
“Ro‘yxatga olinmagan ziyoratchilar Misr ziyoratchilari lagerlarida katta tartibsizliklarni keltirib chiqardi, bu esa tartib buzilishiga olib keldi”, – dedi Misrdagi Haj missiyasini nazorat qiluvchi vakil. Uning qo‘shimcha qilishicha, odamlar uzoq vaqt davomida oziq-ovqat, suv va konditsionersiz qolgan.
Bu yil Haj ziyorati 14-19 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda. “AccuWeather” ob-havo monitoringi sayti ma’lumotlariga ko‘ra, 17-iyun kuni Makkada havo harorati 45 darajaga yetgan. Saudiya Arabistoni meteorologiya xizmati esa o‘sha kuni shahardagi eng katta masjidda +52 darajani qayd etgan. Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 16-iyun kuni 2764 ziyoratchi issiq urishidan jabr ko‘rdi.
Vazirlik rahbari Fahd al Jalajel ziyoratchilarni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslikka, quyoshda yurmaslikka, soyabondan foydalanishga va ko‘proq suyuqlik ichishga chaqirdi.
O‘tgan yili Haj vaqtida jazirama tufayli 240 kishi halok bo‘lgan, 10 mingdan ortiq kishi sog‘lig‘i bilan muammolarga duch kelgan.
Yevropaning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xizmati “Copernicus” ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan may oyi rekord darajadagi eng issiq bo‘lgan. Iqlim o‘zgarishi Fors ko‘rfazi mamlakatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Haroratning maksimal ko‘rsatkichlaridan tashqari, mintaqada bahorda rekord miqdordagi yog‘ingarchilik qayd etildi.
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon o‘tgan hafta Italiyada bo‘lib o‘tgan G7 yig‘ilishiga butun dunyodan 1,5 milliondan ortiq musulmonning Hajga kelishi bilan bog‘liq mas’uliyat tufayli tashrif buyura olmadi.