https://oz.sputniknews.uz/20240619/kim-chen-in-vladimir-putinni-44424370.html
Kim Chen In Vladimir Putinni shaxsan kutib oldi
Kim Chen In Vladimir Putinni shaxsan kutib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin Kim Chen Inga aeroportda o‘tkazgan shaxsiy uchrashuvi uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.
2024-06-19T08:40+0500
2024-06-19T08:40+0500
2024-06-19T08:40+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
shimoliy koreya
vladimir putin
kim chen in
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/13/44424505_0:0:3158:1776_1920x0_80_0_0_bcd53d1c6f49bc9f6c87806e285fe2b6.jpg
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXDR Davlat ishlari raisi Kim Chen Inning taklifiga binoan do‘stona davlat tashrifi bilan Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga yetib bordi, deya xabar berdi RIA Novosti. Vladimir Putin Pxenyanga tashrifidan mamnun bo‘lib, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga aeroportda o‘tkazgan shaxsiy uchrashuvi uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi. Davlat rahbarlarining muloqoti aeroportdan boshlandi. Putin va Kim Chen In Rossiya prezidenti korteji yonida bir necha daqiqa qizg‘in suhbatlashdi. Shundan so‘ng Putin shimoliy koreyalik hamkasbini prezident "Aurus"ga taklif qildi va ikkala rahbar ham Pxenyan aeroportidan bir mashinada jo‘nab ketishdi. Putinning KXDRga davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar kunning ikkinchi yarmida boshlanadi. Rasmiy kutib olish marosimi, madhiyalar yangrashi, faxriy qorovul saf tortishi kutilmoqda. Uchrashuv va qo‘shma suratga olish marosimidan so‘ng "Kimsusan" davlat qarorgohida Rossiya-Koreya muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Ikki davlat rasmiylari o‘rtasidagi muzokaralar yakunida yetakchilar ommaviy axborot vositalariga bayonot beradi, shundan so‘ng ular bir-birlari bilan muloqotni davom ettirishadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/13/44424505_12:0:2743:2048_1920x0_80_0_0_623a93f2ddd0acd7ffefcd1a86105e3f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin kim chen in
vladimir putin kim chen in
Kim Chen In Vladimir Putinni shaxsan kutib oldi
Vladimir Putin Kim Chen Inga aeroportda o‘tkazgan shaxsiy uchrashuvi uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXDR Davlat ishlari raisi Kim Chen Inning taklifiga binoan do‘stona davlat tashrifi bilan Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga yetib bordi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Vladimir Putin Pxenyanga tashrifidan mamnun bo‘lib, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga aeroportda o‘tkazgan shaxsiy uchrashuvi uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.
"Vladimir Vladimirovich Putin Pxenyanga tashrifidan xursandligini va Kim Chen Inning shaxsan o‘zi aeroportga uni samimiy kutib olish uchun borganidan chuqur minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Davlat rahbarlarining muloqoti aeroportdan boshlandi. Putin va Kim Chen In Rossiya prezidenti korteji yonida bir necha daqiqa qizg‘in suhbatlashdi. Shundan so‘ng Putin shimoliy koreyalik hamkasbini prezident "Aurus"ga taklif qildi va ikkala rahbar ham Pxenyan aeroportidan bir mashinada jo‘nab ketishdi.
Putinning KXDRga davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar kunning ikkinchi yarmida boshlanadi. Rasmiy kutib olish marosimi, madhiyalar yangrashi, faxriy qorovul saf tortishi kutilmoqda.
Uchrashuv va qo‘shma suratga olish marosimidan so‘ng "Kimsusan" davlat qarorgohida Rossiya-Koreya muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Ikki davlat rasmiylari o‘rtasidagi muzokaralar yakunida yetakchilar ommaviy axborot vositalariga bayonot beradi, shundan so‘ng ular bir-birlari bilan muloqotni davom ettirishadi.