O‘zbekiston to‘qimachilari Pokistonda amaliyot o‘tashdi

© IA "Dunyo"Uzbekskie tekstilshiki v Pakistane
Uzbekskie tekstilshiki v Pakistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2024
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar Pokistonning ilg‘or tajribasidan o‘z korxonalarining eksport salohiyatini oshirishda foydalanish istagini bildirishdi.
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik 15 nafar to‘qimachilik sanoati mutaxassislari Pokistonda malaka oshirish dasturlarida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
O‘quv kurslari Faysalobod milliy to‘qimachilik universitetida tashkil etildi. Ularda Pokistonda to‘qimachilik sanoati rivojlanishi, sohada loyihalarni amalga oshirishning muhim jihatlari, "GSP+" tizimi doirasida mahsulotlarni Yevropa bozoriga eksport qilish mavzularida tajriba almashildi.

Shuningdek, tadbir doirasida mutaxassislar "Nishat", "Sapphire", "Diamond", "Fateh", "Gul Ahmed" kabi Pokistonning yirik to‘qimachilik kompaniyalariga tashrif buyurib, ularda qo‘llanilayotgan ilg‘or tajriba bilan tanishishdi.

O‘zbekistonlik mutaxassislar Pokistonning ilg‘or tajribasi, innovatsion yechimlaridan o‘z korxonalarining eksport salohiyatini oshirishda foydalanish istagini bildirishdi.
Tadbir yakuniy marosimida Pokiston rasmiylari ishtirok etishdi va O‘zbekiston bilan bugungi kunda erishilgan o‘zaro hamkorlik darajasini yuqori baholashdi va to‘qimachilik sohasida hamohang qadam tashlanayotganini qayd etishdi.
Buxoro viloyatidagi “Siyovush tekstil” korxonasi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2024
O‘zbekistonning to‘qimachilik mahsulotlari eksporti oshdi
Yangiliklar lentasi
0