Qirg‘izistonda kuchli sel keldi, yosh bola vafot etdi

© Facebook/darvozSel oqibatlari. Arxiv surat
Sel oqibatlari. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2024
Obuna bo‘lish
Nooken tumanida ikki qishloqdan 2600 taga yaqin xonadon seldan zarar ko‘rdi, 300 ta xonadon aholisi xavfsiz joylarga vaqtincha evakuatsiya qilindi.
TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatidagi ikki qishloqda sel keldi, ulardan birida 10 yoshli bola halok bo‘ldi, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston FVVga asosan.
Eski Qo‘chqorota qishlog‘ida yashovchi 2014-yilda tug‘ilgan bolaning jasadi mahalliy aholi tomonidan topilib, qarindoshlariga topshirildi.
Bo‘stondagi Mambekov qishlog‘ida ham sel sodir bo‘ldi.
Aniqlik kiritilishicha, sel oqibatlarini bartaraf qilishga FVV muhandislik texnikasi va mahalliy aholi jalb etilgan.
Mambekov qishlog‘ida 2143 ta xonadon, Eski Qo‘chqorotada 500 ta xonadonni suv bosgan. Har ikki qishloqdan 300 ta xonadon aholisi xavfsiz joylarga vaqtincha evakuatsiya qilingan.
Bundan tashqari, Bishkek-O‘sh avtomobil yo‘lining 518-kilometridagi qismi sel oqibatida yopilib qolgan. 17-iyun soat 21:10 da yo‘l tozalanib, bir yo‘nalishda ochilgan.
Yangiliklar lentasi
0