Yaponiya muxolif partiyasi bosh vazirga ishonchsizlik bildirdi

© AP Photo / Kim Hong-jiYaponi bosh vaziri Fumio Kisida va uning rafiqasi Yuko Kisida
Yaponi bosh vaziri Fumio Kisida va uning rafiqasi Yuko Kisida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2024
Obuna bo‘lish
Yaponiya jamoatchiligi orasida hukumron partiya va amaldagi hukumatga ishonchsizlik kuchaymoqda. "Asaxi" gazetasi so‘rovida ishtirok etganlarning 64% hukumatga ishonmasligini bildirgan.
TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. “Nippon Isshinno Kay” (Yaponiya yangilanish partiyasi) muxolifat partiyasi Yaponiya Parlamenti yuqori palatasiga mamlakat bosh vaziri Fumio Kisidaga ishonchsizlik votumi bildirilgan rezolyutsiya kiritdi, deb xabar bermoqda "Kodo" agentligi.
Taqdim etilgan hujjatda hukmron Liberal-demokratik partiya muxolifat bilan kelishuvlarga zid ravishda “jamoatchilik bilan aloqalar tadqiqoti”ga sarflanadigan xarajatlar bo‘yicha shartlarini buzgani qayd etilgan. Yaponiyada ushbu xarajatlar uchun deputatlar oyiga 1 million iyenagacha (6,33 ming dollar) maosh oladi.
Ishonchsizlik votumida keltirilgan yana bir sabab - Fumio Kisida hukumatiga nisbatan jamiyatda ishonch darajasining keskin tushib ketishi deyiladi.
Bir kun avval NHK telekanali Yaponiyaning yana bir muxolif Konstitutsiyaviy-demokratik partiyasi ham hukumatga ishonchsizlik votumi loyihasini parlamentga kiritishi va parlamentni tarqatib yuborishni talab qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
"Asaxi" gazetasi e’lon qilgan so‘rov ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida boshchiligidagi hukmron LDP reytingi 2001-yildan beri birinchi marta 19 foizga tushib ketgan. Hukumat reytingi ham juda past – 22 %. So‘rovda ishtirok etganlarning 64% hukumatga ishonmaydi.
Yangiliklar lentasi
0