Samarqandda drift bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir O‘zbekiston avtosport rivojida muhim qadam bo‘ldi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Samarqandda avtosportning "drift" yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston tarixida birinchi chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekistondan 20 nafar, Qirg‘izistondan 7 nafar, Qozog‘istondan 3 nafar, Turkiyadan 1 nafar sportchi ishtirok etdi.
Samarqand turizm markazida o‘tkazilgan musobaqalarini tomosha qilish uchun O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan ko‘p sonli muxlislar tashrif buyurishdi.
Musobaqa Sport vazirligi va O‘zbekiston Milliy Avtosport va Karting Federatsiyasi tomonidan tashkil etildi. Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir avtosport rivojida muhim qadam bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0