Putin Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2024
Obuna bo‘lish
Ushbu hafta davomida Rossiya prezidenti Shimoliy Koreya va Vyetnamga tashrif buyuradi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu haftada Shimoliy Koreya va Vyetnamga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.

"KXDR Davlat ishlari raisi Kim Chen Inning taklifiga binoan Vladimir Putin 18-19 iyun kunlari do‘stona davlat tashrifi bilan Koreya Xalq Demokratik Respublikasida bo‘ladi", - deyiladi xabarda.

Vladimir Putin Shimoliy Koreyaga so‘nggi bor 2000-yilda tashrif buyurgan edi. O‘shanda u yerda hukumatni amaldagi davlat rahbarining otasi Kim Chen Ir boshqarayotgan edi. Kim Chen In Rossiyaga o‘tgan yilda tashrif buyurgan.

Shuningdek, Rossiya prezidenti 19-20 iyun kunlari Vyetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi Nguyen Pxu Trongning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Vyetnamda bo‘ladi.

Xanoyda Vyetnam Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi bosh kotibi Nguyen Pxu Trong, prezident To Lam, Hukumat bosh vaziri Fam Min Tin va Milliy Assambleya raisi Tran Txan Man bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Rossiya va Vyetnam o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohalarda har tomonlama strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan. .
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilinadi va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.
Yangiliklar lentasi
0