Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 12 ta oltin medal qo‘lga kiritishdi

© MinSporta UzbekistanaUzbekskie grebsi zavoyevali 12 zolotix medaley na ChA v Tailande
Uzbekskie grebsi zavoyevali 12 zolotix medaley na ChA v Tailande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2024
Obuna bo‘lish
Pattaya shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada U18 va U23 yosh toifasida O‘zbekistondan 28 nafar eshkak eshuvchi ishtirok etdi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Tailandda bo‘lib o‘tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston sportchilari jami 34 ta medal qo‘lga kiritishdi, deb xabar qilmoqda Sport vazirligi.
Musobaqaning yakunida o‘zbekistonlik sportchilar:
12 ta oltin medal;
16 ta kumush medal;
6 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
Musobaqa Tailandning Pattaya shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda U18 va U23 yosh toifasida O‘zbekistondan 28 nafar eshkak eshuvchi ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0