https://oz.sputniknews.uz/20240616/uzbekistan-un-butunjahon-turizm-tashkilot-hamkorlik-44393529.html
“BMT Turizm” O‘zbekistondagi mahalliy turoperatorlarni qo‘llab-quvvatlamoqchi
“BMT Turizm” O‘zbekistondagi mahalliy turoperatorlarni qo‘llab-quvvatlamoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti “BMT Turizm” bosh kotibi bilan uchrashdi.
2024-06-16T12:40+0500
2024-06-16T12:40+0500
2024-06-16T12:40+0500
turizm
o‘zbekiston
bmt
sayyohlar
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Butunjahon turizm tashkiloti o‘rtasida mahalliy turoperatorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy hamkorlik kengaytiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va “BMT Turizm” bosh kotibi Zurab Pololikashvili ishtirokidagi uchrashuvda ma’lum qilindi.O‘zbekiston prezidenti Samarqandda “BMT Turizm” (Butunjahon turizm tashkiloti) bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashdi.Unda O‘zbekiston bilan BMTning mazkur ixtisoslashgan instituti o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Samarqandda faoliyat yuritayotgan Xalqaro turizm akademiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda mehmondo‘stlik va servis sohasida malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
https://oz.sputniknews.uz/20240604/uzbekistan-davlatlar-turizm-hamkorlik-44227593.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti “bmt turizm” bosh kotibi
o‘zbekiston prezidenti “bmt turizm” bosh kotibi
“BMT Turizm” O‘zbekistondagi mahalliy turoperatorlarni qo‘llab-quvvatlamoqchi
O‘zbekiston prezidenti “BMT Turizm” bosh kotibi bilan uchrashdi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Butunjahon turizm tashkiloti o‘rtasida mahalliy turoperatorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy hamkorlik kengaytiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va “BMT Turizm” bosh kotibi Zurab Pololikashvili ishtirokidagi uchrashuvda
ma’lum qilindi. O‘zbekiston prezidenti Samarqandda “BMT Turizm” (Butunjahon turizm tashkiloti) bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekiston bilan BMTning mazkur ixtisoslashgan instituti o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
“Sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar va obyektlarni barpo etish, ziyorat va madaniy-ma’rifiy turizmni, jumladan ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Samarqandda faoliyat yuritayotgan Xalqaro turizm akademiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda mehmondo‘stlik va servis sohasida malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
“O‘zbekistonga turizm yo‘nalishini ommalashtirish maqsadida mahalliy turoperatorlarning yirik xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy hamkorlik kengaytiriladi”, — deya qayd etilgan xabarda.