Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevdan sovg‘a oldi — video

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishGlava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov
Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Ramzan Qodirovga Registon maketini sovg‘a qildi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga Samarqanddagi Registon ansambli maketini sovg‘a qildi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, sovg‘ani "Ahmat" Osiyo jangovar ligasi faxriy prezidenti Oybek Norinboyev va ushbu tashkilot prezidenti Nodir Qodirov yetkazishdi.

“Shavkat Miromonovich tomonidan menga sovg‘a qilingan qimmatbaho sovg‘a – Samarqand shahridagi dunyoning eng mahobatli va go‘zal maydonlaridan biri – Registon ansamblining esdalik nusxasini olish juda yoqimli bo‘ldi. Bu maydon 600 yoshda. U O‘zbekistonning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri sanaladi. Unda uchta madrasa joylashgan bo‘lib, ular ham o‘zining go‘zalligi va ko‘rkamligi bilan hayratga soladi”, — deb yozadi u.

U, shuningdek, Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakat izchil taraqqiyot va farovonlikning yangi vektorini olganini, qardosh O‘zbekistonda shunday g‘ayratli, zamonaviy, Rossiya bilan do‘st bo‘lgan davlatni yanada yaxshilashga qodir rahbar borligidan xursand ekanini qo‘shimcha qildi.
Checheniston O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyor — Qodirov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2024
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
Checheniston O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyor — Qodirov
Yangiliklar lentasi
0