O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining vakolatxonasi ochildi
17:20 15.06.2024 (yangilandi: 17:33 15.06.2024)
© Press-slujba MFSRV Uzbekistane otkrili novoe stranovoe predstavitelstvo Mejdunarodnogo fonda selskoxozaystvennogo razvitiya
© Press-slujba MFSR
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston jamg‘armaga 2011-yilda a’zo davlat sifatida qo‘shilgan.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining (QXRXJ) vakolatxonasi ochildi.
Toshkentdagi yangi vakolatxonaning ochilishida QXRXJ prezidenti Alvaro Lario, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirok etdi. Alvaro Lario QXRXJning Markaziy Osiyodagi ilk vakolatxonasini ochishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi.
"QXRXJning Toshkentdagi yangi vakolatxonasi bizning O‘zbekiston va mintaqadagi barqaror rivojlanish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan sodiqligimizni aks ettiradi. Hukumat va xususiy sektor bilan bo‘lgan sherikligimiz orqali biz iqlim o‘zgarishiga moslashish va qishloq hududlarining gullab-yashnashiga kiritiladigan keng ko‘lamli sarmoyalarni rag‘batlantirishimiz mumkin", — dedi u ochilish marosimida.
© Press-slujba MFSRV Uzbekistane otkrili novoe stranovoe predstavitelstvo Mejdunarodnogo fonda selskoxozaystvennogo razvitiya
V Uzbekistane otkrili novoe stranovoe predstavitelstvo Mejdunarodnogo fonda selskoxozaystvennogo razvitiya
© Press-slujba MFSR
Yangi vakolatxonaning ochilishi bilan QXRXJ O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining ehtiyoj va muammolarini samaraliroq qamrab olish va hal etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
"Ushbu vakolatxonaning ochilishi ikkala tomonning qishloq hududlarini rivojlantirish hamda dehqon xo‘jaliklarining huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga bo‘lgan sadoqatini namoyish etadi. Biz bu hamkorlik nafaqat O‘zbekistonga foyda keltirishi, balki mintaqadagi boshqa davlatlar uchun ham ijobiy o‘rnak bo‘lishiga ishonamiz”, - dedi Ibrohim Abdurahmonov.
QXRXJning O‘zbekiston bilan yaqin sherikligi natijasida oxirgi o‘n yilda loyihalar to‘plami sezilarli darajada kengayib, Markaziy Osiyodagi eng yirik to‘plamga aylandi. To‘plam qiymati 435,3 mln AQSh dollariga yetib, 550 000 nafar qishloq aholisi qamrab olindi.
QXRXJ – xalqaro moliya instituti va BMTning maxsus muassasasi. Oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro xab – Rim shahrida joylashgan, QXRXJ qishloq aholisiga sarmoya kiritadi va kambag‘allikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanishni yaxshilash va chidamlilikni kuchaytirish imkoniyatlarini taqdim etadi.