https://oz.sputniknews.uz/20240614/tajikistan-deputat-hibsga-olindi-44368854.html
Tojikistonda deputat xorijiy kuchlar yordamida hukumatni egallab olmoqchi bo‘ldi
Tojikistonda deputat xorijiy kuchlar yordamida hukumatni egallab olmoqchi bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston parlamenti deputati xorijdan katta pul va jangarilar yordamida hukumatni egallab olmoqchi bo‘lgan.
2024-06-14T14:08+0500
2024-06-14T14:08+0500
2024-06-14T14:19+0500
tojikiston
deputat
muxolifat
jangari
jangarilar
jinoyat
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/0e/44368626_0:158:3001:1846_1920x0_80_0_0_5577b13e4e97073091476117d9ac081f.jpg
TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. Tojikiston Demokratik partiyacining sobiq rahbari Sayidjafar Usmonzoda hibsga olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston “Xovar” axborot agentligiga asosan. Tojikiston bosh prokurori Yusuf Rahmon parlament quyi palatasi majlisida deputatlarga Usmonzodaga nisbatan JK 306-moddasi 2-qismi “v” bandi (“Hokimiyatni majburan tortib olish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida ma’lum qildi. U Tojikistonda taqiqlangan “Paymoni Milli Tojikiston” tashkiloti yetakchilari bilan hamkorlik qilish, shuningdek, respublikada hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblanmoqda.Yusuf Rahmonning aytishicha, o‘z rejasini amalga oshirish uchun Usmonzoda jamiyatning turli qatlamlaridan, jumladan, xorijdan ham tarafdorlarini jalb qilgan.“Oldindan tuzilgan rejaga ko‘ra, ular mamlakatning bir qator hududlarida tezkorlik bilan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, qurol-yarog‘lar, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiy tuzilmalar binolarini egallab olish, zo‘rlik bilan mamlakatda hukumatni ag‘darishni maqsad qilganlar”, - dedi Yusuf Rahmon.Shuningdek, u ushbu jinoyatni amalga oshirish uchun Usmonzoda xorijiy davlatlardan birining vakilidan mamlakatdagi nufuzli shaxslarni jalb qilish va mitinglar uyushtirish uchun 10 million dollar so‘raganini qayd etdi.* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilotlar
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/0e/44368626_164:0:2835:2003_1920x0_80_0_0_01334b6e162eb2ef220bedd5b7ce4356.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tojikiston deputat xorij
Tojikistonda deputat xorijiy kuchlar yordamida hukumatni egallab olmoqchi bo‘ldi
14:08 14.06.2024 (yangilandi: 14:19 14.06.2024) Tojikiston parlamenti deputati xorijdan katta pul va jangarilar yordamida hukumatni egallab olmoqchi bo‘lgan.
TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. Tojikiston Demokratik partiyacining sobiq rahbari Sayidjafar Usmonzoda hibsga olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik
Tojikiston “Xovar” axborot agentligiga asosan.
Tojikiston bosh prokurori Yusuf Rahmon parlament quyi palatasi majlisida deputatlarga Usmonzodaga nisbatan JK 306-moddasi 2-qismi “v” bandi (“Hokimiyatni majburan tortib olish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida ma’lum qildi.
U Tojikistonda taqiqlangan “Paymoni Milli Tojikiston” tashkiloti yetakchilari bilan hamkorlik qilish, shuningdek, respublikada hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblanmoqda.
Yusuf Rahmonning aytishicha, o‘z rejasini amalga oshirish uchun Usmonzoda jamiyatning turli qatlamlaridan, jumladan, xorijdan ham tarafdorlarini jalb qilgan.
Xususan, “Islom Uyg‘onish partiyasi*” ekstremistik-terrorchi tashkiloti rahbari Muhiddin Kabiriy unga moddiy yordam ko‘rsatishi hamda “Jamoat Ansorulloh*” terrorchilik tashkiloti xorijdan Tojikistonga 3 mingdan ortiq jangari yuborishni rejalashtirgan.
“Oldindan tuzilgan rejaga ko‘ra, ular mamlakatning bir qator hududlarida tezkorlik bilan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, qurol-yarog‘lar, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiy tuzilmalar binolarini egallab olish, zo‘rlik bilan mamlakatda hukumatni ag‘darishni maqsad qilganlar”, - dedi Yusuf Rahmon.
Shuningdek, u ushbu jinoyatni amalga oshirish uchun Usmonzoda xorijiy davlatlardan birining vakilidan mamlakatdagi nufuzli shaxslarni jalb qilish va mitinglar uyushtirish uchun 10 million dollar so‘raganini qayd etdi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilotlar